![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b3/Kapuas_River.jpg/640px-Kapuas_River.jpg&w=640&q=50)
Kapuas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kapuas — Kalimantan o.ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uzunligi 1040 km, havzasining mayd. 97 ming km2. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Jan. Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (apr. va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki rayonlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.[1]
Qisqa faktlar Tavsif ...
Kapuas | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 143 |
Suv sarfi | 6 707 m³/s |
Davlat | Indoneziya |
Kapuas |
Yopish