From Wikipedia, the free encyclopedia
Kapsula mehmonxona ( yaponcha: カプセルホテル ), Gʻarb dunyosida pod hotel nomi bilan ham mashhur boʻlgan,[1] Yaponiyada ishlab chiqilgan mehmonxona turi boʻlib, kapsula shaklidagi koʻplab kichik xonalardan iborat. Kapsula shaklidagi mehmonxonalar - odatiy mehmonxonalar tomonidan taklif qilinadigan kattaroq, qimmatroq xonalarni talab qilmaydigan yoki sotib olishga qodir bo'lmagan mehmonlar uchun arzon, oddiy tungi turar joyni ta'minlab beradi.
Dunyodagi birinchi kapsula shaklidagi mehmonxona 1979 yilda Yaponiyaning Osaka shahrining Umeda tumanida ochilgan va Kisho Kurokava tomonidan ishlab chiqilgan. U[2] yerdan Yaponiyaning boshqa shaharlariga tarqaldi. Shundan soʻng kontseptsiya Belgiya,[3] Xitoy,[4] Gonkong,[5] Islandiya,[6] Hindiston,[7] Indoneziya,[8] Isroil,[9] kabi boshqa turli hududlarga keng tarqaldi.
Mijoz uchun xona - bu bir kishilik yotoqning uzunligi va kengligi bilan teng boʻlgan xona bo'lib, mehmonxona mehmoni emaklab kirib, karavotga o'tirishi uchun yetarli balandlikda. Xonaning devorlari yog'och, metall yoki har qanday qattiq materialdan tayyorlanishi mumkin, lekin ko'pincha shisha tolali yoki plastik xomashyodan tayyorlanadi. Xonadagi qulayliklar odatda kichik televizor, konditsioner, elektron konsol va elektr rozetkalarini o'z ichiga oladi. Kapsula koʻrinishidagi xonalar yonma-yon joylashtirilgan, hamda balandligi ikki birlik oʻlchamdagi zinapoyalar orqali ikkinchi qavatdagi xonalarga kirishni ta'minlaydi. Kapsulaning ochiq tomoni shaxsiy chegarani saqlash uchun parda yoki qattiq eshik bilan yopilishi mumkin, lekin eshiklar faqat ichkaridan qulflanadi.[10]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.