Birinchi qasoskor
From Wikipedia, the free encyclopedia
Birinchi qasoskor (inglizcha: Captain America: The First Avenger) 2011-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Paramount Pictures tomonidan tarqatilgandir. Kartina Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning beshinchi toʻliq hajmli filmidir. Film rejissori Joe Johnston, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Tommy Lee Jones, Hugo Weaving, Hayley Atwell, Sebastian Stan, Dominic Cooper, Neal McDonough, Derek Luke va Stanley Tucci kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Birinchi qasoskor | |
---|---|
Captain America: The First Avenger | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Joe Johnston |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) |
Christopher Markus Stephen McFeely |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Alan Silvestri |
Kinematografiya | Shelly Johnson |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor | Paramount Pictures[1][2][3] |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 124 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $140-216.7 million |
Daromadi | $370.6 million |
Birinchi qasoskor filmi jahon premyerasi El Captain kinoteatrida 2011-yil 19-iyulda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Birinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 22-iyuldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $370 million mablagʻ yigʻdi. Bugungi lekin ushbu kartinaning davomi sanalmish ikki film chiqarilgan: Birinchi qasoskor: Qish askari (2014) va Birinchi qasoskor: Qarshilik (2016).