![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/Kana_Muramoto_-_2016_Skate_America.jpg/640px-Kana_Muramoto_-_2016_Skate_America.jpg&w=640&q=50)
Kana Muramoto
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kana Muramoto (yaponcha: 村元 哉中; 1993-yil 3-mart, Akasi, Xyogo) — muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan yaponiyalik figurali uchuvchi. Chris Reed bilan juftlikda uch karra Yaponiya chempioni (2016—2018), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2017), Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi (2017), Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sovrindori (2018) va Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2018) boʻlgan.
Kana Muramoto | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Kana Muramoto |
Davlat |
![]() |
Boʻyi | 162 |
Sherigi | Daisuke Takahashi |
Oldingi sheriklari |
Chris Reed, Xiroichi Noguchi |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 190,16 |
Qisqa dastur | 75,87 |
Erkin dastur | 114,29 |
Muramoto muz ustida raqsga tushishni 2014-yilda boshlagan, u avvallari yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Yakka holda konkida uchuvchi sifatida u yuqori natijalarni koʻrsatmagan. Muramoto oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori (2008) boʻlgan. Uning birinchi raqsdagi sherigi Xiroichi Noguchi boʻlib, u bilan bir mavsum birga shugʻullangan va Yaponiya chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan (2014).
Muramoto Chris Reed bilan juftlik hosil qilib, oʻzining sport faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2018-yilda Muramoto va Reed juftligi sheriklik qilishni yakunladilar, oʻsha paytda bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida oʻn uchinchi oʻrinni egallagan edi[1]. Bir yil oʻtgach, Miromoto yaqinda oʻz faoliyatini qayta tiklagan Daisuke Takaxashi bilan juftlikda konkida uchishni boshladi. Ular Toʻrt qitʼa chempionatining kumush (2022), Yaponiyada oʻtkazilgan Gran-pri bosqichining bronza (2020) va Yaponiya chempionatining kumush (2021 — 2022) medallarini qoʻlga kiritishgan.