From Wikipedia, the free encyclopedia
Kamol Xoʻjandiy (taxallusi; ismi Kamoliddin Masʼud, 1321, Xoʻjand — 1401, Tabriz) — fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda maʼlum muddat yashab, tahsil koʻrgan. Moʻgʻul istilosi tufayli oʻz vatanini tark etgan. Xorazm, Sheroz va arab mamlakatlariga borgan, Makkada boʻlgan. Qaytishda Tabrizda yashab qolgan. 1385 - yilda Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish Tabrizni bosib olgach, Kamolni Saroy shahriga olib ketgan. Xo'jandiy 1389 - yilda Tabrizga qaytgan. U umr boʻyi vataniga qaytishni orzu qilgan. Sheʼrlarida gʻariblikdan shikoyat, vatanni qumsash motivlari aks etgan, insoniy sevgi ulugʻlangan. U, asosan, gʻazallari bilan shuhrat qozongan. Navoiy Kamol ijodiga yuksak baho berib, uni Saʼdiy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sojaviylar bilan bir qatorga qoʻygan ("Nasoyim ul-muhabbat").
Kamol Xo'jandiy | |
---|---|
Asl ismi | کمالالدین مسعود خُجندی |
Tavalludi |
1321-yil |
Vafoti |
1401-yil Tabriz |
Ijod qilgan tillari | Tojik tili |
Janr | gʻazal |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.