From Wikipedia, the free encyclopedia
Yurgen Klinsman ( nemischa: ; tug'ilgan sanasi 30-iyul 1964-yil ) — nemis futbolchisi va futbol murabbiyi. 2004-2006-yillarda Germaniya terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Sochining rangi va samaradorli o'yimari uchun u "Oltin to'purar" laqabini oldi.
Sakkiz yoshidan futbol o'ynashni boshlagan, barcha pozitsiyalarda, shu jumladan darvozabon nuqtasida ham o'ynagan. U professional faoliyatini 16 yoshida o'sha paytda ikkinchi divizionda - "Shtutgarter Kikers" klubida boshlagan. 1984-yilda u birinchi divizionning doimiy a'zosi boʻlgan kuchliroq " Shtutgart " klubiga o'tdi.
"Shtutgart" va Myunxenning "Bavariya" da o'ynashdan tashqari, Klinsman Yevropaning ko'plab klublarida - Monakoning " Monako ", Italiyaning " Inter " va "Sampdoriya" klublarida va ikki marta Angliyaning "Tottenxem" klubida o'ynagan.
Klinsman xalqaro futbolchilik faoliyatini 1987-yilda Germaniya terma jamoasida boshlab, 108 ta o'yinda 47 ta gol urib xalqaro miqyosda xam o'z imidjini yaratdi. U terma jamoa tarkibida quyidag musobaqalarda ishtirok etdi:
1998-yilgi Fransiyada boʻlgan jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etgan.
Klinsman uchta jahon chempionatida kamida uchta gol urgan birinchi futbolchidir.
2004-yil 26-iyulda u Germaniya terma jamoasiga murabbiy bo'lib tayinlandi, u bilan birga terma jamoada o'ynagan Rudi Fyollerning o'rnini egalladi.
2006-yil 12-iyulda Klinsmann Germaniya terma jamoasiga murabbiylik faoliyatidan iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. qildi. Klinsmanning o'rnini uning yordamchisi Yoaxim Lyov egalladi.
2008-yil 11-yanvarda "Bavariya" klubi Yurgen Klinsman 2008-yilning 1-iyulidan boshlab klub bosh murabbiyi bo'lishini e'lon qildi[2] .
2009-yil 27-aprelda Klinsman "Bavariya" murabbiyligidan chetlatildi."Bavariya" futbolchisi Filipp Lam keyinchalik o'zining avtobiografik kitobida shunday degandi:[3].
"Klinsmanning "Bavariya"ga bosh murabbiy etib tayinlanishini muvaffaqiyatsiz tajriba deb ta'riflash mumkin. Mashg'ulotlarda u faqat o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga e'tibor qaratdi, taktik jihatdan esa hech narsa qilinmadi. Birgalikda ish boshlaganimizdan sakkiz hafta o'tgach, biz bu murabbiy bilan hech narsa chiqmasligini angladik".
2010-yil 3-noyabrda Klinsman rasman MLS ning "Toronto" klubi uchun maslahatchi murabbiy lavozimiga tayinlandi[4] .
2011-yil 29-iyulda AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5][6][7]. U bu lavozimda oldingi murabbiy Bob Bredlini almashtirdi[8] . 2011-yil 10-avgustda u Amerika terma jamoasi murabbiyi sifatida Filadelfiyada Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qildi[9].
2016-yil 21-noyabrda u AQSh milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlaridan ozod etildi[10]. Iste'foga chiqish vaqtida AQSH terma jamoasi Konkakaf mintaqasida 2018-yilgi jahon chempionatiga saralash baxslarida Meksika (1:2)[11] va Kosta-Rika (0:4)[12] terma jamoalaridan ikkita o'yinda ikkita mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalida so'nggi, oltinchi o'rinni egalladi.
2019-yilning 27-noyabr kuni u Berlinning “ Gerta ” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha imzolandi [13] . 2020-yilning 11-fevralida, Bundesliga 2019/20 21-turi doirasidagi uy uchrashuvida “Gerta” “ Maynts-05 ”dan (1:3) mag‘lub bo‘ldi va 3 kun o‘tib, u iste’foga chiqdi[14].
Klinsmanning otasi Zigfrid novvoy, onasi Marta esa uy bekasi boʻlgan.
Yurgen amerikalik model Debbi Chinga uylangan. Ularning ikki farzandi bor - qizi Laylo va o'g'li Jonatan[15][16]. Jonatan otasining izidan borib,futbolchi bo'lsada lekin darvozabon ampulasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Germaniya terma jamoasida o'ynagan otasidan farqli o'laroq, o'g'li AQSh terma jamoasida o'ynaydi[17].
Klinsmann ingliz, italyan va fransuz tillarini yaxshi biladi[18]. Yurgen shuningdek, vertolyot uchuvchisi litsenziyasiga ham ega[19].
Ayni paytda Klinsmann AQShda, Xantington-Bich shahrida ( Kaliforniya ) yashaydi. U basketbolni yaxshi ko'radi, u Los-Anjeles Leykersning muxlisi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.