Jodelle Ferland
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jodelle Micah Ferland[1](1994-yil 9-oktyabrda tug'ilgan) - kanadalik aktrisa. U to'rt yoshida "Mermaid"(2000) televizion filmida dastlabki aktrisalik faoliyatidagi rolini o'ynadi. U "Mermaid"dagi roli uchun "Young Artist Award''mukofotini olgan va ''Emmy Award'' taqdirlash mukofoti tarixidagi eng yosh nomzod bo'lgan. Uning karyerasi ''Carrie''(2002) televizion filmi, ''They''(2002), ''Tideland''(2005), ''Silent Hill'' (2006) va ''Case 39''(2009) va “Good Luck Chak"(Omad Chak) komediya filmlaridagi rollari bilan o'sib borgan. U shuningdek, "Kingdom Hospital''(Qirollik kasalxonasi)(2004) teleserialida ham rol ijro etgan.
Jodelle Ferland | |
---|---|
Tavalludi |
Jodelle Micah Ferland 1994-yil 9-oktabr Nanaimo, British Columbia, Kanada |
Fuqaroligi | Kanada |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1996-yildan hozirgi kungacha |
2010-yillardan boshlab Ferland "Twilight Saga: Eclipse"(2010) romantik fantastik filmida va "The Cabin in the Woods''(O'rmondagi kabina)(2011) va "The Tall Man''(Bo'yli odam)(2012) filmlarida rollar ijro etgan. U shuningdek, "Dark Matter''(Qorong'u materiya)(2015–2017) teleserialida rol o'ynagan. Ushbu rol esa unga ''Saturn Award'' nominatsiyasini taqdim etgan[2].