From Wikipedia, the free encyclopedia
Jo Hyeon-woo (talaffuzi: Cho Hyon U) (1991-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, Ulsan Hyundai va Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jo Hyeon-woo | ||
Tavallud sanasi | 25-sentyabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Seoul, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.89 m | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ulsan Hyundai | ||
Raqami | 21 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2019 | Daegu FC | 210 | (0) |
2020 | Ulsan Hyundai | 96 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010 | Janubiy Koreya U20 | 2 | (0) |
2013—2014 | Janubiy Koreya U23 | 2 | (0) |
2018 | Janubiy KoreyaU23 | 5 | (0) |
2015 | Janubiy Koreya | 22 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 14-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-iyul uchun) |
Sun Moon universitetini tugatgandan soʻng, Jo 2013 K 1 ligasida Daegu FC tomonidan tarkbdga qoʻshib olingan. U oʻzining birinchi professional mavsumida jamoasi bilan quyi ligaga tushib ketgan. 2015-yilgi mavsumdan boshlab Jo Daeguning birinchi darvozaboniga aylangan va K Liga 2da eng yaxshi darvozabon deb topilgan. Nihoyat Daegu 2016-yilda K 1-Ligaga koʻtarilgan. Jo shuningdek, Teguning 2018-yilda Koreya FA kubogi sohibi bo‘lishiga hissa qo‘shgan.
Daegudagi muvaffaqiyatli karyerasidan so‘ng Jo 2020-yil 20-yanvarda Ulsan Hyundaiga qo‘shilgan[2].
2015-yilning noyabr oyida Jo Janubiy Koreya terma jamoasiga murabbiy Uli Shtilike tomonidan Laos va Myanmaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻyinida ishtirok etish uchun chaqirilgan[3]. U 2017-yilda EAFF E-1 futbol chempionatining milliy vakili sifatida tanlangan va musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritgan.
2018-yilning may oyida Jo Janubiy Koreyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 28 kishilik tarkibiga kiritilgan[4]. Dastlab uchinchi raqamli posbon sifatida tanlangan, Jo qolgan ikki darvozabondan boʻyi balandroq boʻlgani uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan va shu tariqa tarixda ilk bor oʻzining yirik musobaqasida debyut qilgan[5][6]. Shvetsiya va Meksikaga qarshi dastlabki ikki o‘yinlar Janubiy Koreyaning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. Jo Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormasdan yettita seyv amalga oshirgan[1]. Janubiy Koreya oʻyinda gʻalaba qozonganiga qaramay (Shvetsiya Meksikani 0:3 hisobida magʻlub etgani uchun) turnirni tark etgan. Janubiy Koreya F guruhida Germaniyani ortda qoldirib, uchinchi o‘rinni egallagan.
Jo 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. U guruh bosqichida Bahrayn va Qirgʻizistonga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol oʻtkazib yubormagan. Jo Eronga qarshi 1/8 finalda ham maydonga tushgan, ammo bu oʻyinda jarohat olgan. O‘zbekistonga qarshi chorak finalda uning o‘rnini Song Bum-keun egallagan, biroq Song uchta gol o‘tkazib yuborgan. Jo yana yarim final va finalda maydonga qaytgan. U turnirda atigi ikkita gol oʻtkazib yuborib, Janubiy Koreyaning oltin medaliga hissa qoʻshgan va keyinchalik majburiy harbiy xizmatdan ozod etilgan.
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Daegu FC | 2013 | K Liga 1 | 14 | 0 | 0 | 0 | — | — | 14 | 0 | ||
2014 | K Liga 2 | 15 | 0 | 0 | 0 | — | — | 15 | 0 | |||
2015 | K Liga 2 | 41 | 0 | 2 | 0 | — | — | 43 | 0 | |||
2016 | K Liga 2 | 39 | 0 | 2 | 0 | — | — | 41 | 0 | |||
2017 | K Liga 1 | 35 | 0 | 1 | 0 | — | — | 36 | 0 | |||
2018 | K Liga 1 | 28 | 0 | 4 | 0 | — | — | 32 | 0 | |||
2019 | K Liga 1 | 38 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | — | 44 | 0 | ||
Jami | 210 | 0 | 9 | 0 | 6 | 0 | — | 225 | 0 | |||
Ulsan Hyundai | 2020 | K Liga 1 | 27 | 0 | 5 | 0 | — | — | 32 | 0 | ||
2021 | K Liga 1 | 38 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 2 | 0 | 49 | 0 | |
2022 | K Liga 1 | 31 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | — | 37 | 0 | ||
Jami | 96 | 0 | 6 | 0 | 14 | 0 | 2 | 0 | 118 | 0 | ||
Karyerada jami | 306 | 0 | 15 | 0 | 20 | 0 | 2 | 0 | 343 | 0 |
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | MGol |
---|---|---|---|
Janubiy Koreya | 2017 | 3 | 0 |
2018 | 8 | 0 | |
2019 | 5 | 0 | |
2021 | 2 | 0 | |
2022 | 4 | 0 | |
Karyerada jami | 22 | 0 |
Daegu FC
Ulsan Hyundai
Janubiy Koreya U23
Janubiy Koreya
Shahsiy yutuqlar
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.