From Wikipedia, the free encyclopedia
Jazo (huquqda) — huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qoʻllanadigan maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bogʻliq boʻlgan majburlov chorasi. J. huquqiy tartibot sifatida davlat va huquq, shuningdek, bunday huquqni qoʻllash vakolati boʻlgan maxsus organlar vujudga kelgan paytdan boshlab paydo boʻlgan. J. ijtimoiy adolatni tiklash, jinoyat sodir etgan shaxsni axloqan tuzatish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat davom etishiga toʻsqinlik qilish, yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida qoʻllanadi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, J.lar intizomiy, maʼmuriy va jinoiy boʻlishi mumkin. Ana shu J.lardan qaysi biri qoʻllanilmasin, huquq buzishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qonun va normativ hujjatlarda belgilangan tartibda maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy harakterdagi cheklash qoʻllanadi. Shu bilan birga huquq buzish sodir etishda foydalanilgan qurol, vosita, huquq buzish orqali qoʻlga kiritilgan narsalar musodara qilinishi mumkin. Intizomiy J. — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan korxona, muassasa, tashkilotda belgilangan ichki mehnat intizominn buzgan shaxsga nisbatan ish beruvchilar tomonidan qoʻllanadigan majburlov chorasi boʻlib, xayfsan berish, jarima solish, mehnat shartnomasini bekor qilish (ishdan boʻshatish) tarzida boʻlishi mumkin. Intizomiy J. shaxslarni ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan, maʼmuriy jazo — maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoshidagi maʼmuriy komissiyalar, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari, ichki ishlar (militsiya) organlarining , davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, maʼmuriy J. qoʻllash vakolati berilgan boshqa organlarning mansabdor shaxslari tomonidan, jinoiy jazo esa — davlat nomidan sud hukmi bilan beriladi.
Mamajon Usmonaliyev.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.