oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor, musiqachi From Wikipedia, the free encyclopedia
Javohir Jamshidovich Zokirov (1972-yil 9-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR[1]) — oʻzbekistonlik taniqli aktyor[2], rejissyor[3] va xonanda[4]. Zokirovlar sulolasi vakili. Mashhur oʻzbek pop-rok guruhi „Bolalar“ning asoschilaridan biri[5][6]. 2022-yilgi izlanishlarga koʻra, Oʻzbekistondagi eng qimmat gonorar oluvchi aktyor (kuniga 500 AQSh dollari)[7]. Ilk professional rolini „Tsarapina“[8] filmida ijro etgan[9]. „Sotqin“, „Baron“, „Avloniy“ kabi filmlar, „Mendirman Jaloliddin“ serialidagi rollari bilan omma orasida shuhrat qozongan[10][11].
Javohir Zokirov | |
---|---|
Javohir Zokirov (2018-yil) | |
Tavalludi |
Javohir Jamshidovich Zokirov 9-noyabr 1972-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | aktyor, rejissyor, musiqachi |
Janr | drama, melodrama, komediya |
Faoliyat yillari | 1986—hozirgacha |
Otasi | Jamshid Zokirov |
Onasi | Gavhar Zokirova |
Turmush oʻrtogʻi | Shahrizod Gʻulomova |
Bolalari | 3 nafar |
Qarindoshlari |
bobosi — Karim Zokirov buvisi — Shoista Saidova amakilari — Farrux Zokirov, Botir Zokirov |
Javohir Zokirov 1972-yilning 9-noyabr sanasida Toshkent shahrida, Zokirovlar sulolasi aʼzolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov va Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar xonadonida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand[1]. Bezori bola boʻlgani uchun maktabdan haydalgan. Bolalar guruhi asoschilardan hisoblangan Bahodir Po‘latov va Tohir Sodiqov bilan doʻst boʻlgan. Keyinchalik, uchalasi birgalikda guruhga asos solishadi[9].
Boshlangʻich taʼlimni Olmazor tumanida joylashgan 46-maktabda, soʻngra bolalik uyi yaqinida joylashgan maktabda oʻqigan. 1990—1994-yillarda Moskva davlat kinematografiya institutida tahsil olgan[9].
BBC nashri bilan intervyuda 1980-yilda suratga olingan Zavtra viydyosh?[12] (oʻzbekcha: Ertaga koʻchaga chiqasanmi?) filmida ilk marotaba koʻrinish berganini taʼkidlagan. Ilk professional rolini „Tsarapina“[8] filmida ijro etgan[9]. Bolalar guruhining 1989-yili yozilgan eng birinchi — guruhning „Esingdami seni?“ nomli eng mashhur musiqalaridan biri joy olgan — albomi chiqarilgandan soʻng, Javohir Zokirov guruhni tark etib, Rossiyaga oʻqishga joʻnab ketadi[9].
Aktyor 1996-yildan beri muntazam ravishda katta ekranlarda koʻrinish berib kelmoqda[13]. Keyinchalik, „Katta urushdagi kichik odam“ (1989-yil; Shuhrat Abbosov filmi), „To‘ylar muborak 2“, „Bo Ba Bu“ (1998-yil; Ali Hamroyev filmi), „Voiz“ (1998-yil; Yusuf Roziqov filmi), „Tohir va Zuhra“, „Buyuk Amir Temur“ (1996-yil), „Ko‘rgulik“ va yana bir qator filmlarda bir necha rollar ijro etgan. Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlagan. TV Markaz xususiy kanali uchun avtorlik dasturlari tayyorlash bilan shugʻullangan. BBCning „Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda“ loyihasi uchun musiqalar yozgan[9].
Taniqli oʻzbek adibi Gʻofur Gʻulomning qizi Shahrizod Gʻulom (Gʻulomova) bilan turmush qurgan[14]. Uch nafar — ikki oʻgʻil va bir qiz farzandi bor[10]. Zokirov Jahongir Otajonovning musiqalarini sevib tinglaydi[14].
Sana | Nom | Rol | Manba |
---|---|---|---|
1986-yil | Tsarapina | Rustam | [17] |
1989-yil | Katta urushdagi kichik odam | Safoning doʻsti | [18] |
1996-yil | Buyuk Amir Temur | kichik rol | [19] |
1998-yil | Bo Ba Bu | Bu (bosh rol) | [20] |
1999-yil | Voiz | bolshevik (bosh rol) | [21] |
2004-yil | Chudnaya dolina | loʻli | [22] |
2005-yil | Chastniy detektiv | Rinat Galiulin | [23] |
2006-yil | Haqiqiy erkaklar ovi | Marat (narkokuryer) | [24] |
2006-yil | Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi | kichik rol | [25] |
2007-yil | Zabarjad | Zafarbek | [26] |
2007-yil | Panoh | kichik rol | |
2009-yil | Sled Salamandri | kichik rol | [27] |
2011-yil | Sem mayskix dney | Xasan (banda boshligʻi; bosh rol) | [28] |
2012—2014 | A u nas vo dvore... | Anvar | [29] |
2015-yil | Sotqin | Sarvar Bahromovning akasi | |
2015-yil | Pobeg iz Moskavabada | Xasan | [30] |
2016-yil | Baron | kichik rol | [31] |
2017-yil | Nazira | Xamdam | |
2018-yil | Mehmonxona 2 | Jamshid | [32] |
2018-yil | Zolotaya Orda | Azar | [33] |
2020-yil | Kartonnaya pristan | tojik | [34] |
2021-yil | Mendirman Jaloliddin | Chingizxon | [35] |
2022-yil | Igra na vijivaniye 2 | Yusuf | [36] |
2023-yil | Spasti yedinstvennogo sina | Aliyev | [37] |
2023-yil | Hukmdor Usmon | Görklü Han |
Sana | Qoʻshiq nomi | Manba |
---|---|---|
03.06.2015 | Chyornaya toska | [39] |
03.06.2015 | Devushka-kuvshin | [40] |
03.06.2015 | Dog | [41] |
03.06.2015 | Donoman | [42] |
03.06.2015 | Dvorik | [43] |
03.06.2015 | Ekolot | [44] |
03.06.2015 | Erkalab sev | [45] |
03.06.2015 | Gde ti | [46] |
03.06.2015 | Habiba | [47] |
03.06.2015 | Kel | [48] |
03.06.2015 | Kerak emas | [49] |
03.06.2015 | Luna | [50] |
03.06.2015 | Lunolikaya | [51] |
03.06.2015 | Mustafa | [52] |
03.06.2015 | Oy nurlari | [53] |
03.06.2015 | Stariy dvorik | [54] |
03.06.2015 | Tigr | [55] |
07.04.2016 | Yil | [56] |
07.04.2016 | Raʼno | [57] |
03.05.2016 | Zarb | [58] |
03.05.2016 | Dilbarim | [59] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.