Java applet
Java ilovalarini brauzerlarda ishga tushiruvchi kichik dastur / From Wikipedia, the free encyclopedia
Java appletlari Java yoki boshqa Java baytkodiga kompilyatsiya qiluvchi dasturlash tilida yozilgan kichik ilovalar boʻlib, foydalanuvchi Java Appletni veb-sahifadan ishga tushirdi va ushbu applet ilovasi Java virtual mashinasida (JVM) veb-brauzerdan alohida ishga tushiriladi. Java applet veb-sahifaning oʻzida, yangi dastur oynasida, Sun AppletViewerda yoki appletlarni sinab koʻrish uchun moʻljallangan boshqa dasturiy vositalarda ishga tushirilishi mumkin.
Java appletlari 1995-yilda chiqarilgan Java dasutlash tilining birinchi versiyasidanoq tadqim etilgan. 2013-yildan boshlab yirik veb-brauzerlar Java appletlari ishlatadigan asosiy texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlashni bosqichma-bosqich toʻxtata boshladilar[6] [7] [8] [9] [10].
Java appletlari odatda Java tilida yozilgan, ammo Jython, JRuby, Paskal[11], Scala, NetRexx yoki Eiffel kabi boshqa tillardan ham foydalanish mumkin.
Java appletlari juda yuqori tezlikda ishlaydi va 2011 yilgacha ular JavaScriptdan bir necha baravar tezroq ishlar edi. JavaScriptdan farqli ravishda, Java appletlari 3D apparat akseleratsiyasiga ega boʻlib, koʻplab hisob-kitoblarni talab qiladigan kompyuter vizualizatsiyasi uchun juda mos hisoblanadi. Brauzerlar kanvas texnologiyasi (yoki 3D grafiklar uchun WebGL) [12] [13] hamda just-in-time kompilyatorli JavaScript tufayli [14] ushbu ikki dasturlash tillari oʻrtasidagi tezliklar farqi deyarli bilinmay qoldi.
Java baytkodi kross-platforma boʻlganligi sababli, Java appletlari Microsoft Windows, FreeBSD, Unix, macOS va Linux kabi koʻplab platformalar uchun ham ishga tushirilishi mumkin. Appletni faqatgina Oracle JVM baytekodini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlamaydigan mobil qurilmalardagina ishga tushirish mumkin emas.