From Wikipedia, the free encyclopedia
Janubiy kit shaklidagi delfin (lotincha: Lissodelphis peronii) — Lissodelphis jinsiga mansub delfinlarning kam oʻrganilgan turi[1]. Peronii nomi bu delfinni 1802-yilda kash qilgan Fransua Peron sharafiga berilgan[2].
Janubiy kit shaklidagi delfinning orqa qanoti yoʻq. Tana uzunligi 1,8 metr dan 2,9 metrgacha[3]. Voyaga yetgan delfinning vazni 60 dan 113 kg gacha[4] bo‘ladi. Yangi tugʻilgan delfinlarning vazni nomaʼlum, ammo, yangi tugʻilgan delfinning uzunligi 1 metrni tashkil etadi. Ularning tishlari 39 — 50 juft boʻlib, ularning koʻp qismi pastki jagʻda joylashgan. Shimoliy kit shaklidagi delfindan farqli oʻlaroq, tanasining koʻp qismi oq rangga ega. Peshonasidan quyrug‘igacha boʻlgan tanasining yuqori yarmi qora, pastki qismi esa oq rangga ega[5]. 2 yoshgacha delfinlar kulrang tusga ega boʻladilar.
Janubiy kit shaklidagi delfinlar poda hayvoni hisoblanadi. Guruhlarda, odatda 2 dan 100 tagacha delfinlar, ov qilishda mingga yaqin delfinni jalb qilish mumkin[6]. Baʼzan boshqa turlar bilan birga yashaydilar[7]. Delfinlarning 14 turi boʻlgan galalar maʼlum. Asosan baliq, kalmar va miktofidlarni isteʼmol qiladi. Ular harorati 1° — 20°C gacha bo‘lgan janubiy yarim shar suvlarida yashaydi[8].
Chili va Peruda ular qisqichbaqalar uchun oʻlja yoki odamlar uchun tansiq taom sifatida tutiladi. Ular, shuningdek, nayzatumshuq balig‘i ovlanuvchi toʻrlarga ham tushadi[9].
Akulalar va qotil kitlar bu turdagi delfinlarning tabiiy dushmanlardir[10]. Trematodalar ularning quloqlarida parazit boʻlib, oʻlimga olib keladi[11].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.