SSSR ittifoqdosh respublikasi From Wikipedia, the free encyclopedia
Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi, Janubiy Osetiya SR — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. 1983-yil Janubiy Osetiya AO aholisi 98 000 kishi boʻlgan.[1] Oblast hududida osetinlar, gruzinlar, ruslar yashagan. Markazi Sxinvali shahri boʻlgan.
1990–1991 | |||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
1922-yilning 20-aprelida Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) (gruzincha: სამხრეთ ოსეთის ავტონომიური ოლქი; osetin: Ху́ссар Ирыстоны автономон бæстæ ; ruscha: Юго-Осетинская автономная область) tuzilgan. Oblast 1990-yilgacha mavjud boʻlgan.
Oʻsha yili 20-sentabrda Janubiy Osetiya AO Gruziya SSRdan ajralib chiqib, Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi nomi bilan Sovet Ittifoqi tarkibidagi suveren respublikaga aylanganini eʼlon qilgan. Buni Gruziya SSR tan olmagan va 1990-yilning 11-dekabr kuni Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini butunlay tugatish haqida qaror chiqargan. Natijada 1991-yilning 5-yanvarida Birinchi Janubiy Osetiya urushi boshlanib ketgan. 1991-yilning 21-dekabrida Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan.
Hozirgi kunda 1922–1990-yillarda Janubiy Osetiya AO hamda 1990–1991-yillarda Janubiy Osetiya SR oʻlaroq maʼlum boʻlgan hudud oʻrnini Janubiy Osetiya Respublikasi egallagan. Gruziya konstitutsiyasida Janubiy Osetiya Gruziya tarkibiga kirishi aytilgan. 2008-yilning avgustida sodir boʻlgan Gruziya-Rossiya urushi ortidan ayrim davlatlar, xususan, Rossiya Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi. Respublika mustaqilligini tan olgan respublikalar soni oltitaga yetgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.