![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c7/Location_of_South_Ossetia_in_Europe2.png/640px-Location_of_South_Ossetia_in_Europe2.png&w=640&q=50)
Janubiy Osetiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Janubiy Osetiya (osetin: Хуссар Ирыстон, Xussar Iriston ; gruzincha: სამხრეთი ოსეთი, Samxreti Oseti; ruscha: Южная Осетия, Yujnaya Osetiya) Kavkaz janubidagi bir mintaqadir. Sobiq Janubiy Osetiya Avtonom Oblasti (Gurjiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida). Mintaqaning bir qismi Gurjistondan 1990-yillar boshida mustaqillik eʼlon qilib, oʻzini Janubiy Osetiya Respublikasi, deya ataydi. Poytaxti — Tsxinvali.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c7/Location_of_South_Ossetia_in_Europe2.png/640px-Location_of_South_Ossetia_in_Europe2.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/72/South_Ossetia_overview_map.png/320px-South_Ossetia_overview_map.png)
Januy Osetiya mustaqilligi uni Gurjistonning bir qismi sifatida koʻruvchi BMT aʼzolari tomonidan tan olinmagan. Gurjiston mintaqaning sharqiy va janubiy qismi ustidan nazoratni saqlab qoldi va 2007-yilning aprel oyida u yerda etnik osetinlar tomonidan boshqariluvchi Janubiy Osetiya Muvaqqat Maʼmuriyatini[1][2][3][4] tuzdi. Bu tashkilot rahbari Dmitriy Sanakoevdir va u Gurjiston bilan Janubiy Osetiya statusi haqida muzokaralar olib borishi koʻzlangan.[5]