Jand — Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan oʻrta asr shahri. Xorazmshohlar davlatining sharqiy istehkomi hisoblangan. Bu yerlarni Saljuq bosib olmasdan oldin ham, Sirdaryo etagi qipchoqlar qoʻlida mustaqil oʻlka (mulk) boʻlgan. 12-asr oʻrtasiga kelib, J. bilan Forob oraligʻi butunlay Xorazmshohlar (Takash) qoʻliga oʻtgan. Xorazmshohlar J.dan turib qipchoqlar yeriga harbiy yurishlar qilgan. Oʻsha davrda Orol dengizi ham Jand koʻli deb atalgan. 1220 y. J.ni Joʻjixon egallagan. S. P. Tolstoye tadqiqotlari J. Qozogʻistonning Qiziloʻrda sh. yaqinidagi Janqalʼa harobalari oʻrnida boʻlganligini koʻrsatadi.[1]
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.