Jagat Gosain
From Wikipedia, the free encyclopedia
Manavati Bai, shuningdek, Manvati Bai (1573-yil 13-may — 1619-yil 8-aprel) nomi bilan mashhur boʻlgan Jagat Gosain (Dunyo farishtasi), toʻrtinchi Boburiylar imperatori Jahongirning ikkinchi xotini va va uning vorisi Shoh Jahonning onasi boʻlgan[1][2][3][4][5][6][7].
Jagat Gosain | |
---|---|
Jagat Gosainning badiiy portreti | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Shri Manavati Baiji Lall Sahiba 1573-yil 13-may Jodhpur yoki Phalodi, Boburiylar imperiyasi |
Vafoti |
1604-yil 29-avgust Agra (oldingi Akbarobod), Boburiylar imperiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Jahongir 1586-yil 21-yanvar |
Bolalari |
|
Onasi | Rani Rajavat Kachawahi Manrang Devi |
Otasi | Raja Udai Singh |
Dini | hinduizm |
Dafn etilgan joyi | Dehra bogʻi, Arjun Nagar, Agra |
Unvoni | Bilqis makoni |
U shuningdek, Mani Bay[8][9], Manmati[10][11], Jodxa Bay (Jodhpur malikasi)[12][13], Toj Bibi[14]" (Saroy xonimi) va vafotidan keyin Bilqis Makoni (Pok xonadon ayoli)[15][16] deb ham atalgan. Uni Manrike notoʻgʻri Balmati deb atagan[17][18]. Uni yevropalik tarixchilar notogʻri yondashgan „Jodha Bay“ yaʼni Maryam-uz-Zamoniy bilan adashtirmaslik kerak[19].
U Marvarning (hozirgi Jodxpur) Rajputlar oilasida tugʻilgan. Otasi Raja Udai Singh (xalq orasida Mota Raja nomi bilan tanilgan), onasi esa Rani Rajavat Kachawahi Manrang Devi boʻlgan[20][21][22].