![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/79/Ismail_Gaspirali_in_1872.jpg/640px-Ismail_Gaspirali_in_1872.jpg&w=640&q=50)
Jadidchilik
1880–1920-yillarda Rossiya imperiyasida, xususan, Turkistonda faoliyat yuritgan maʼrifatparvarlar oqimi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: jadīd — yangi) – XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat[1]. Jadidchilik dastlab, XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/79/Ismail_Gaspirali_in_1872.jpg/320px-Ismail_Gaspirali_in_1872.jpg)
Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan[2].
Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik harakati“ deb taʼrif berilgan[3]. Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSR parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.