Ixtioz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ixtioz ( grekcha: ἰχθύς «baliq») — terining irsiy kasalligi; bunda teri quruqlashib, pust tashlaydi, baliq tangachasini eslatuvchi qalin muguz qatlamlar hosil boʻladi. I. belgilari ilk bolalik davridayoq yuzaga chiqadi, balogʻat davrida roʻyirost namoyon boʻladi va umrbod davom etadi. Terining I.ga oʻxshab oʻzgargan shakli, koʻpincha hayotda orttirilgan I. ham deb yuritiladi. U avitaminoz, moxov va b. kasalliklar oqibatida roʻy berishi mumkin. Davo kasallik belgilariga karab buyuriladi: A va b. vitaminlar, vitaminlashtirilgan tibbiy baliq moyi, sodali yoki tuzli vannalar, dengizda choʻmilish va h.k[1].
Qisqa faktlar Belgilari, Mutaxassislik ...
Ixtioz | |
---|---|
Belgilari | Baliq tanga |
Mutaxassislik | Terining tug'ma kasalliklari |
Davomiyligi | Butun umr |
Sabablari | irsiy |
Davolash | hozirda davosi topilgan emas |
Uchrash tezligi | 1:43076 |
Yopish