From Wikipedia, the free encyclopedia
Ivan Sergeyevich Turgenev (1818-yil 28-oktyabr – 1883-yil 22-avgust vafot etgan va Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan) – rus yozuvchisi.
Ivan Turgenev | |
---|---|
Tavalludi | 28 oktyabr (9-noyabr) 1818[1] |
Vafoti | 22 avgust (3-sentyabr) 1883[1] |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili, Nemis tili, Ingliz tili va Rus tili[2] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Ivan Sergeyevich Turgenev 1818-yil 28-oktyabrda tavvaluud topgan. Peterburg universitetining falsafa fakultetini tugatgan (1837). Turgenevning dastlabki romantik sheʼrlari va „Steno“ dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. TurgenevPeterburgdagi oʻqishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filologiya boʻyicha maʼruzalar tinglagan. 1841-yil Moskvaga kaytib kelgan, N. V. Gogol, S.TurgenevAksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shugullana boshlagan. Turgenevning shu kezlarda yozgan „Parasha“ dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi.
Turgenev 1844-yilda „Andrey Kolosov“ qissasini, keyinroq krepostnoylik xulqatvorini tasvirlovchi „Pomeshchik“ dostoni (1846), „gʻayritabiiy“ hisoblangan kishining qipqizil xudbin ekanligini fosh etuvchi „Uch surat“ (1846) va „Breter“ (1847), shuningdek, gogolona hajviy ruh bilan yoʻgʻrilgan „Petushkov“ (1848) qissalarini eʼlon qilgan. Turgenev 1847-yildan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili „Sovremennik“ („Zamondosh“) jurnali da chop etila boshlagan „Ovchining maktublari“ asari bilan Turgenev ijodida yangi davr boshlangan. Turgenev turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. U tasvir etilayotgan qahramon yeki voqeaning mazmunmohiyatidan kelib chiqqan holda maishiy ocherk, hikoya, psixologik novella, lirik etyud singari nasriy janr shakllaridan unumli foydalangan. Turgenev ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham kalam tebratib, „Sarmoyasizlik“ (1846), „Yoʻlboshlovchining nonushtasi“ (1849-yilda sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pyesalarini, „Boʻydoq“ komediyasi (1849), „Tekinxoʻr“ maishiy dramasi (1849) va „Qishloqda bir oy“ liropsixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan soʻng „Mumu“ (1855), „Ortiqcha kishining kundaligi“ (1850), „Yakov Pasinkov“, „Karvonsaroy“ (1855) va „Yozishma“(1856) singari qissalarini yaratgan. 1852-yil „Ikki avlod“ romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga yetmagan. Rossiyaga qaytgach (1850), SpasskLugovinovo qishlogʻida yashab, eng yaxshi asarlaridan biri – „Rudin“ romani(1856) ni yozib tugatgan. Ushbu romanda Gegel falsafasiga mahliyo boʻlgan dvoryan ziyolilarining 30—40-yillarda rus jamiyatining maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni badiiy taxlil egilgan.
50-yillarning oʻrtalarida yozilgan „Faust“ (1856) va „Polesye safari“ (1857) qissalari Turgenevning „Dvoryanlar uyasi“ romani (1859) ning maydonga kelishida etyud vazifasini bajargan. Turgenev bu asarida Pyotr I dan keyingi dvoryanlar Rossiyasidagi tarixiy taraqqiyotning turli davrlariga nazar tashlagan va Lavretskiylar sulolasi tarixi misolida avlodlarning almashinish jarayonini kuzatgan. Shaxsiy baxt va burch oʻrtasidagi ziddiyatlar asarning maʼnaviy kolliziyasi sifatida tasvirlagan. „Dvoryanlar uyasi“ Turgenev ijodining barkamol namunalaridan biri boʻlib, unda 2 oy ichida boʻlib oʻtgan voqealar Turgenevga xos katta mahorat bilan aks ettirilgan.
Turgenev „Rudin“ va „Dvoryanlar uyasi“ romanlari bilan rus realizmining mashxur namoyandalaridan biri sifatida shuhrat qozongan. U 60-yillarning boshlarida, avvalgi romanlaridan farqli oʻlaroq, „Arafa“ (1860) da zamonaviy mavzuga murojaat etgan va rus jamiyatida boshlangan ruhiy uygʻonish jarayonini badiiy kuzatishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Turgenev „Otalar va bolalar“ romani (1862)da bu gʻoyani yanada rivojlantirgan. Bosh kaxramon Bazarov obrazida DM.Pisarevt xos xurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Mazkur asar rus jamiyatida ilgor sinf hisoblanib kelingan dvoryanlar sinfiga qarshi qaratilgan. Bazarov jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki shu chiriy boshlagan jamiyat poydevorini tagtugi bilan buzish va yangisini barpo etish tarafdoridir. Turgenev Bazarovdagi ana shu nigilizm (barcha narsalarni inkor etish)ni tasvirlash orkali rus inqilobchiligiga xos salbiy jihatlarni, birinchi navbatda, tarixiy jarayon qonuniyatlari bilan hisoblashmaslikni Oktyabr tuntarishidan 55 yil muqaddam bashorat qilgan. „Otalar va bolalar“ romani rus adabiyotshunosligida Turgenev ijodining choʻqqisi sifatida talqin etiladi. Mazkur asarda rus voqeligi, Turgenev ning boshqa asarlariga qaraganda, ayniqsa, keng qamrab olingan.
1861-yilda krespostnoylik islohotining oʻtkazilishi rus jamiyatini ikkiga ajratib yubordi. Chor generallari va aristokratlaridan iborat dvoryanlar guruhi islohotga qarshi chiqib, eski krepostnoylik tartiblarining tiklanishini orzu qildi. Turgenev „Tutun“ romani (1867)da zodagonlar muhitida avj olgan ana shu aksilharakatni asarga mavzu qilib olgan.
Turgenev hayotining soʻnggi 20 yillari xorijda oʻtgan: dastlab BadenBadenda, soʻngra Parijda yashagan. U shu davrda mashhur fransuz yozuvchilari va sanʼatkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlib, hatto 1878-yilda Parijda oʻtkazilgan xalqaro yozuvchilar anjumaniga V. Gyugo bilan birga rahbarlik qilgan. 60-yillarning 2yarmi – 70-yillarda Turgenev „Brigadir“ (1868), „Choʻl qiroli Lir“ (1870), „Bahor toshqinlari“ (1871) singari qissalarini, „Qoʻriq“ (1877) romani va boshqa bir qancha asarlarini yozgan.
Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.