From Wikipedia, the free encyclopedia
Iustin (Yustin) Bonaventura Pranaytis (litovcha: Justinas Bonaventūra Pranaitis, 1861-yil 27-iyul, Panenupya, Suvalki viloyati – 1917-yil 28-yanvar, Petrograd[1]) – litvalik rus diniy arbobi, antisemit yozuvlar muallifi.
Iustin Bonaventura Pranaytis 1861-yil 27-iyulda tugʻilgan. U Griskabudis va Mariyampolk maktabini tugatgan, shundan soʻng 1878-yilda Seynidagi diniy seminariyaga oʻqishga kirdi. 1883-yilda Sankt-Peterburgdagi Imperator Rim-katolik diniy akademiyasiga oʻqishga kirdi. 1887-yildan ilohiyot magistri, bir yil oldin esa ruhoniy boʻldi. Ilohiyot akademiyasini tugatgandan soʻng, u ibroniy tilidan dars berdi. „Christianus in Talmude Iudaeorum sive Rabbinicae doctrinae de Christianis secreta“ antisemitizm kitobi nashr etilgandan keyin shuhrat qozondi. Ushbu kitob 1892-yilda Sankt-Peterburgda nashr etilgan va bir qator Yevropa tillariga tarjima qilingan. Iustin Bonaventura oʻsha davrning eng koʻzga koʻringan ibronist va semitologi D.A.Xvolsonning shogirdi boʻlgan.
1894-yilda Pranaitis zarar yetkazganlikda ayblanib sudlangan. Bir muddat Tverga surgun qilingan, 1902-yilda esa Toshkentga yuborilgan[2][3]. Uning tashabbusi bilan Toshkent, Buxoro, Samarqand, Ashxobodda katolik cherkovlari qurilgan. Mashhur loyihalaridan biri bu Iso Masih yuragi sobori-jomeʼsi hisoblanadi. U faol missionerlik faoliyati bilan shugʻullangan. Xususan, Turkiston garnizonida targʻibot ishlarini amalga oshirgan.
1913-yil sentyabr-oktyabr oylarida Iustin Pranaytis nasroniy bolani marosim bilan oʻldirishda ayblangan.
Politsiya boʻlimining maxsus topshiriqlar boʻyicha xodimi P. N. Lyubimov sud jarayoni boʻyicha maʼlumotlarni toʻplagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.