From Wikipedia, the free encyclopedia
Itsimonlar (lotincha: Canidae) — yirtqich sut emizuvchilar oilasi. Boʻri, chiyaboʻri, tulki, shimol tulkisi. Avstraliyada tarqalgan dingo, Shimoliy Amerikadagi koyot, Afrikadagi fenek, xonaki itlar va hokazo itsimonlarning vakillaridir. Barmoqlariga tayanib yuradi, oddingi oyogʻida beshtadan, orqa oyogʻida toʻrttadan barmoq bor. Tirnogʻi toʻmtoq, ichga tortilmaydi. Dumi baroq, ancha uzun. Junining rangi har xil, oq tulkining rangi yil fasliga karab oʻzgaradi. Tishlari kesuvchi tipda, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. Itsimonlar Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda tarqalgan, har xil sharoitda yashaydi. Asosan, hayvonlar, baʼzilari oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Koʻp itsimonlar monogam, yiliga bir marta tugʻadi. Baʼzilari serpusht. Masalan, shimoliy tulkilari 18 tagacha tugʻadi. Itsimonlar yil boʻyi faol (yenotsimon itdan boshqa). Itsimonlar oilasi 35 turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi. Itsimonlarning koʻp turlari moʻynasi uchun ovlanadi, qora tulki kabi moʻynali itsimonlar moʻynachilik fermalarida koʻplab boqiladi. Yenotsimon it Rossiyaning bir qancha viloyatlarida iqlimlashtirilgan. Itsimonlarning koʻp turlari quturish kasalligi viruslarini va gijja tuxumlarini tarqatadi[1].
Itsimonlar | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sut emizuvchilar |
Turkum: | Yirtqichlar |
Oila: | Itsimonlar |
Urugʻ: | Canis |
Kenja turlari | |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.