Isuzu Motors
From Wikipedia, the free encyclopedia
Isuzu Motors Ltd. qisqartirilganda Isuzu (yaponcha: いすゞ自動車株式会社, Yaponiya talaffuz: iszz, / yasuzzuː/) nomlangan, Yaponiyaning Tokio shahrining markazida joylashgan kompaniya bo'lib, tijorat avtomobillar va dizel dvigatellarni ishlab chiqarish bilan shug'illanadigan kompaniya xisoblanadi.
![]() | |
Turi | Ochiq Jamiyat |
---|---|
Tarmogʻi | Ishlab chiqarish |
Qachon asos solingan | 1878-yil (Neft bilan shug'illanadigan kompaniya) |
Joylashuvi | location |
Rahbariyat |
Susumu Hosoi (Boshqaruv Raisi) Masanori Katayama (Prezident & Direktorlar vakili) |
Mahsulot(lar)i |
Tijorat avtomobillar, dizel dvigatellar yengil avtomobillar (2002-yilga qadar)[1] |
Aylanma daromadi | 1953.20 milliard JPY (2017-yil) |
Operatsion foydasi | 146.40 milliard JPY (2017-yil) |
Boyligi | 1,521,757 million JPY (2014-yil) |
Ishchilar soni | 7,769 odam (umumlashtirilganda jami 29,430 odam) |
Vebsayti | isuzu.co.jp/world/index.html |
Kompaniya Anadolu Isuzu (Turkiyaning Anadolu Group bilan qoʻshma korxonasi), Sollers-Isuzu (Rossiyaning Sollers AJ bilan qoʻshma korxonasi), SML Isuzu (ilgari Swaraj Mazda nomi bilan tanilgan hind korxonasi), Jiangxi Isuzu Motors, (Xitoyning Jiangling Motors Company guruhi bilan hamkorlikda), Isuzu Astra Motor Indonesia, Isuzu Malaysia (Isuzu HICOM), Isuzu UK, Isuzu Janubiy Afrika, Isuzu Filippin, Tayvan Isuzu Motors, Isuzu Vietnam, Isuzu Motors India, BYD Isuzu va SamAuto (Oʻzbekistonning UzAuto bilan qo'shma korxonasi) singari bir qator sho'ba korxonalarga ega.
Isuzu Fujisavada, shuningdek, Tochigi va Xokkaydo prefekturalarida yigʻish va ishlab chiqarish zavodlariga ega. Isuzu markali transport vositalari dunyoning koʻpgina savdo bozorlarida sotiladi. Isuzu kompaniyasining asosiy bozori tijorat va dizel motorli yuk mashinalari, avtobuslar va qurilishni rivojlantirishga qaratilgan boʻlsa, ularning yaponiyalik raqibi Yanmar tijorat darajasidagi elektr stantsiyalari va generatorlariga eʼtibor qaratmoqda.
2009-yilga kelib Isuzu kompaniyasi 21 milliondan ortiq dizel dvigatellarini ishlab chiqardi, ularni butun dunyoda transport vositalarida topish mumkin.[2] Isuzu dizel dvigatellari oʻnlab avtomobil ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan General Motors tomonidan qoʻllaniladi.
Isuzu nomi inglizchaga "ellik qo'ng'iroq" deb tarjima qilinadi.