From Wikipedia, the free encyclopedia
Ismoil as-Solih Lulu - 1259-1262-yillarda Iroqdagi Mosul va Sinjardagi malik(hokim). U Mosul shahri hukmdori Lulular sulolasining asoschisi Mosul hukmdori Badr ad-Dinning farzandi edi.
Ismoil as-Solih Lulu | |
---|---|
Ismoil as-Solih Lulu | |
Mosul maligi (hokimi) | |
Mansab davri 1259 – 1262 | |
Hokim | Mosul shahri |
Oʻtmishdoshi | Badr ad Din Lulu |
Vorisi | Mo'g'ullar bosib olgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | XIII asr |
Vafoti | 1262 |
Turmush oʻrtogʻi | Turkon xotun xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining qizi |
Otasi | Badr ad Din Lulu |
Mansubligi | Lulu sulolasi |
Lulu sulolasidan boʻlgan Ismoil as-Solih tarixchilarning va yozuvchilarning manbalarida va hozirgi zamon tadqiqotlarida turli ko'rinishda keltirishgan: Rashid ad-Din Solnomalar toʻplamida uni “malik Solih”[1], Rijov K. DA. uni “Ismoil as-Solih”, Erlixmon V. DA. "Rukn ad-din Ismoil"[2], Sychev N. "Ismoil ibn Lulu"[3] da Runivers veb-sayti Bosvortni "Ismoil ibn Lulu, Rukn ad-Din"[4] deb ataydi.
Ismoil as-Solihning otasi Badr ad-Din Lulu Zangilar sulolasining Mosuldagi hukmronligiga barham bergacha, Mosul sultoni bo'ldi. Badr ad-Din dastlab xalifaning[5][6] hukmronligini tan oldi, biroq moʻgʻullar paydo boʻlgandan soʻng ular tomon o'tib ketgan.
1245-yilda Badr ad-Din moʻgʻullar hukmronligini tan oldi[7]. Mengu -Kaandan yorliq va payza oldi. Moʻgʻullarga nisbatan olib borilgan shunday siyosat va mo'g'ullarga yordam bergani uchu Badr ad-Din Nisibin[8] bilan Sinjar[9] ni o'z hukmronligiga qo'shib oldi.
1258-yilda Badriddin, Uruktu noʻyon boshchiligidagi moʻgʻullar tomonidan muvaffaqiyatsiz qamal qilingan Irbil garnizonini taslim boʻlishga koʻndirib, Irbil qalasini bosib olinishiga[10] va vayron qilganidan keyin, Hulagu Badriddinni (o'sha vaqtda 90 yoshdan oshgan) hurmat bilan mukofotladi. 1258-yil 8-avgustda xon uni uyiga joʻnatadi[11].
1259da Suriyaga safar qilish uchun ham Hulagu Mosul qo'shinini qatnashishga chaqirdi. Ammo Xon Badr ad-dinning yoshiga hurmat bilan qarab, uning o'g'li as-Solih qo'shinga bosh bo'lishiga rozi bo'lgan. Badr ad-dinning o'g'li Ismoil as-Solih Jaloliddin Manguberdining qiziega chiqqan (ehtimol otasining xizmatlari uchun). Shundan keyin Ismoil as-Solih Amidni[1] bosib olishga erishdi.
1259-yilda[7] Ismoil as-Solihning otasi Badr ad-Din Lulu olamdan o'tdi. U 96 yoshgacha[12] yashadi. Hulagu Badriddinning oʻgʻli Rukn ad-Din Ismoil as-Solihni Mosul vorisi va sultoni deb tasdiqladi.
1260-yilda Ulug' hoqonning ukasi Mengu Hulagu vafot etganidan xabarni olib, u o'zining Yaqin Sharqqa yurishini to'xtatdi va qurultoyga ketdi. Bundan foydalangan mamluklar 1260-yil 3-sentabrda Ayn-Jalut jangida Kitbuk -noyonning oz sonli moʻgʻul qoʻshinlarini magʻlub etadilar. Natijada Suriya Halab va Damashq bilan birgalikda Ayyubiylardan Mamluklar nazoratiga jangsiz oʻtdi[13]. Shunday vaziyatda Ismoil as-Solih Suriyaga borib, mamluklar[14] tomoniga oʻtganini bildiradi. Kutuz tomonidan Halabn Ismoil as-Solihga sovg'a sifatida topshirildi (ammo bu hudud avvalroq qoʻmondoni Baybarsga topshirish vaʼdasi berilgan boʻlsa ham)[13].
Mamluklar sultoni Kutuzdan jahli chiqib ketgan Baybars toʻntarish qilib, oʻzi mamluk sultoni boʻldi.
Mamluklar rahbari Ismoil as-Solihni 1000 kurd bilan Mosulga qaytarib yubordi, “toʻgʻri, u yangi va eski xazinalarni yigʻib, unga jo'natdi”[13].
Ammo Rashid ad-Dinning yozishicha, Ismoil as-Solihning rafiqasi Turkon-Xotun (u Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining qizi edi) moʻgʻullarga xabarchi yuborib, erining hiyonati haqida xabarni berishgamuvaffaq boʻlgan. Diyorbakirlik moʻgʻullar uning yo'lini to'sib qo'yadi. Moʻgʻul askarlarining boshida Sandargu-noyon Mosulda Ismoil as-Solihni qo'shinini qamal qildi. Oradan bir oy oʻtib, qamalning choʻzilib borayotgani ma’lum boʻlgach, Ulug' hoqon Sandargu noʻyonga yordam berish uchun qoʻshimcha harbiylarni yuboradi. Bu orada Sulton Baybars Mosuldagi mo'g'ullar qamalidan xabar topdi. U Ismoil as-Solihga yordam berish uchun Агуш-Арбузлуром[de] boshchiligidagi qo'shinni yubordi. Ammo mo'g'ullar qamal qilinganlarga yuborilgan tashuvchi kaptarni ushlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. Sandargʻu noʻyon qoʻshinlari Sanjar yaqinida mamluklar uchun pistirma qoʻyib, ularning koʻpchiligini, shuningdek, koʻplab sanjarlarni(qo'shin boshlig'ini) yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Gʻalabadan soʻng moʻgʻullar yordamga kelgan mamluklar kiyimini kiyib olib shahar ostonasiga keladi va Ismoil as-Solih oʻtirgan shaharga yaqinlashib, ularni kutib olishga chiqqan mussuliylarni qirib tashladilar[14].
Ammo shunga qaramay, Mosul yana olti oy o'zini himoya qila oldi va faqat ochlik va vabo epidemiyasi uning taslim bo'lishiga olib keldi[7]. 1262-yilda Ismoil as-Solih jonini soʻrab Sandarg-noyonga taslim boʻladi. 1262-yilning Ramazon oyida (iyul/avgust) shahar bosib olindi va moʻgʻullar shahar aholisining katta qismini qirgʻin qilib o'ldirdilar. Hunarmandlar asirga olindi va jo'natildi. Bu azoblardan togʻlar va gʻorlarga yashiringan mingga yaqin mosullik aholi omon qoldi.
Rashiduddin tomonidan Ismoil as-Solihning tirik qurtlarga yedirilish qatlini batafsil bayon qilingan. Muk sobiq Sulton Mosulni olib ketmasdan, bir oy o'tgach vafot etdi. Keyinchalik uning uch yashar o'g'li oshkora Dajla daryosi qirg'og'ida, Mosul atrofida[14] qatl etildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.