Ismaloq (Spinacia) — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yoki ikki yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. I. ikki jinsli (aksariyat, ikki uyli), sovuqqa chidamli, tez yetiladigan oʻsimlik. AQSH, Kanada, Yevrosiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda poliz I. (S. oleracea L.) turi sabzavot sifatida oʻstiriladi. Dalaga erta bahorda ekiladi. Urugʻi 3—4 kunda koʻkarib chiqadi. Unib chiqqanidan keyin 30—45 kunda barglari isteʼmolga tayyor boʻladi (ovqatga ishlatiladi). Hosildorligi 150—300 s/ga. Choʻchqatikan (S. turkestanica Iljin) turi ekinzorlarda va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻtloqlarda begona oʻt tarzida uchraydi. Boʻyi 60 sm, barglari patsimon qirqilgan, poyaning pastki qismidagilari bandli, qolganlari bandsiz, ketma-ket joylashgan. Mevasi — tikanli toʻpmeva. I. unib chiqqanidan keyin 30—40 kunda maysasi, 90—100 kunda urugʻi yetiladi. 8—9° sovuqqa chidamli. Tarki-bida karotin, vitamin V, V2, S, organik kislotalar boʻlib, xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklariga qoʻllanadi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda meditsinada meʼda osti bezi faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, barglari bahorda, vitaminlarga boy boʻlib, undan somsa va b. taomlar tayyorlanadi.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.