From Wikipedia, the free encyclopedia
Ishonch — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi davriy nashri. Gazeta 1991-yil 21-mart kuni ilk bor nashr etilgan[1]. 2018-yildan buyon barcha sahifalari rangli chop etib kelinmoqda[2]. Birinchi muharriri — Toʻlqin Qozoqboyev. Ishonch 2019-yil 3-may „Oltin qalam“ milliy mukofoti matbuot yoʻnalishi gʻolibi. 2023-yil hisobida gazetaning 31576 nafar pullik obunachilari mavjud.
Ishonch | |
---|---|
Formati | A-2 |
Kimga tegishli | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Bosh muharrir | Husan Ermatov |
Tili | Oʻzbek va rus |
Bosh ofisi | 100165, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro koʻchasi (sobiq Sharq Xaqiqati), 24 |
Adadi | 31576 |
Vebsayt | https://ishonch.uz/ |
Gazeta mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maʼrifiy hayotini yoritib boradi[3]. Ishonch 2018-yilda Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan gazetalar 5 taligidan joy olgan[4]. Shuningdek, shu kunga qadar gazetada chop etilgan tanqidiy maqolalar sababli koʻplab muommolarga yechim topilgan[5].
„Ishonch“ va „Ishonch-Doverie“ gazetalari tahririyat jamoasi 2018-yildan buyon oʻziga xos yillik ijodiy sarhisobi sifatida toʻplamlar chop ettirib kelmoqda[6]. Jumladan, „Bir yilga bir nazar“ (2018)[7], „Ishonch“ aytadiki…“ (2019)[8], „2020-millatni ulgʻaytirgan yil“ (2020)[9], „2021 fakt va dalillar, mulohaza va munozara, tanqid va tahlil, talqin va xulosalar…“(2021) va „Nigoh“ (2022)[10] kabi toʻplamlar. Ularda 1 yil davomida gazeta sahifalarida nomoyon boʻlgan ijodiy, ijtimoiy-siyosiy, tanqidiy, madaniy va maʼrifiy maqolalarning eng saralari nashr etilgan. Shuningdek, tahririyat tomonidan chop etilgan „Biz hayotdan rozimiz“ (2021)[11] toʻplamida davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan „Ayollar daftari“ sababli hayotlari ijobiy tomongga oʻzgargan ayollarning minnatdorilik maktublari, „Mening Prizedentim“ (2022)[12] toʻplamida Oʻzbekiston yoshlarining Prizedent Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh oʻzgarishlarga munosabati boʻlgan insholari, „Bir soʻz…“ (2021)[13] toʻplamida esa gazeta xodimlarining ijod namunalari jamlangan[6].
Ism-sharifi | Faoliyat yillari |
---|---|
Toʻlqin Qozoqboyev | 1991 — 1995 |
Saidakrom Saidvaliyev | 1995 — 1998 |
Mirgʻiyos Qayumov | 1998 — 2006 |
Abduholiq Abdurazzoqov | 2006 — 2013 |
Jahongir Sharafboyev | 2013 — 2018 |
Husan Ermatov | 2018-yildan buyon |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.