Isabella Stewart Gardner muzeyi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Isabella Stewart Gardner muzeyi Massachusets shtatining Boston shahrida joylashgan sanʼat muzeyi, unda Yevropa, Osiyo va Amerika sanʼatining muhim namunalari saqlanadi. Muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik, gobelenlar va dekorativ sanʼat kolleksiyalari namoyish etib kelinmoqda. Muzeyga Isabella Stewart Gardner tomonidan asos solingan boʻlib, u vasiyatnomasida oʻzining badiiy toʻplamini „odamlarning zavqlanishi uchun“ doimiy ravishda namoyish etishni talab qilgan. Back Bay Fens yaqinidagi yordamchi qanot 2012-yilda qurib bitkazilgan[1][2].
1990-yilda muzeydan oʻn uchta san'at asari oʻgʻirlangan. Jinoyat qanday sodir etilganligi no'maumligicha qolmoqda. Narxi 500 million dollarga baholangan suratlar gʻoyib boʻlgan. Muzey tomonidan sanʼat asarlarini qaytarishga yordam beradigan maʼlumot uchun 10 million dollar mukofot vaʼda qilingan.