From Wikipedia, the free encyclopedia
Is gazi, uglerod §-oksid, CO — rangsiz, hidsiz, zaharli gaz. Koʻmir va organik moddalarning chala yonishidan hosil boʻladi. Molekulyar massasi 28,0, zichligi 814 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi — 191,5°, —205° da qotadi. Suvda kam eriydi. Bosim ostida dixloretan, ammoniy gidroksid eritmasi, xlorid kislotada yaxshi eriydi. Is gazini suyuklantirish mumkin. Is gazi yonganda koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Hyp taʼsirida yoki faollashtirilgan koʻmir ishtirokida xlor bilan birikib, fosgen hosil qiladi. Is gazi odamga yomon taʼsir qiladi (qarang Is tegishi). Atmosfera havosi tarkibida juda oz miqdorda is gazi bor. Togʻ jinslari, toshkoʻmir va yonuvchi gazlarda uchraydi. Sanoatda qattiq yoqilgʻilarni gazga aylantirish yuli bilan ishlab chiqariladi. Lab.da konsentrlangan sulfat kislotaga chumoli kislota taʼsir ettirib olinadi. Metallurgiyada metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda ishlatiladi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.