Is'hoq posho Usmoniylar imperiyasining oʻn beshinchi buyuk Vaziri. Mehmed II Fotih va uning oʻgʻli Boyazid II davrida Usmoniylar imperiyasini 1469-1472-yillarda hamda 1481-1482-yillarda sadrazimlik yani buyuk vazirlik lavozimida boshqargan tarixiy shaxs.

Qisqa faktlar 15-Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri, Monarx ...
Is'hoq posho
turkcha: İshak Paşa
 15-Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri
Mansab davri
1469-yildan  1472-yilgacha
Monarx Mehmed II Fotih
Hukmdor Mehmed II Fotih
Oʻtmishdoshi Rum Mehmed posho
Vorisi Vali Mahmud posho
Usmoniylar buyuk vaziri
Mansab davri
1481-yil  1482-yil
Hukmdor Boyazid II
Oʻtmishdoshi Karamani Mehmed Pasha
Vorisi Xoja Dovud posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1497-yil
Saloniki
Dini islom, sunniylik
Yopish

Hayoti

Is'hoq posho asli Saruhanlik boʻlgan.Tarixchilarning ma'lumotlariga ko'ra Istanbul fatx etilishi arafasida Is'hoq posho Anadolu beylarbeyi lavozimida faoliyat yuritgan.Ammo fatx davrida Anadolu beylerbeyi hham Is'hoq ekanligi aytilgan. Ammo keyinchalik buyuk vazir boʻlgan Is'hoq poshomi yiki yo'q buni hech bir tarixchi aniq aytib qoldirmagan.Ulardan biri turk millatiga mansub posho bo'lib, otasining ismi Ibrohim bo'lib, u Is'hoq posho ibn Ibrohim deb tanilgan. Ikkinchisi - Is'hoq posho ibn Abdulloh deb tanilgan va Pomak aslining tayanchi sifatida tarbiyalangan va o'sgan, Murod II davrida xazinadan vazirga qadar ko'tarilgan poshodir.Undan avvalgi O'g'uzog'lu İsa Bey Anadolu viloyatining oxirgi hokimi bo'lib, Anqarani markazga aylantirgan.

Birinchi buyuk vazirlik davri

Rum Mehmed posho hokimiyatdan chetlatilgach, Vazir lavozimiga tayinlandi. Mehmed II Fotihning birinchi vazifasi uni Karamanga yuborish edi. Is'hoq posho Karamanda katta qarshilikka duch kelmadi. 1470-yilda u Karaman xalqining bir qismini Istanbulga olib keldi. Ushbu kelganlar Aksaray shahridan boʻlgan va ularning tumanlari Istanbul shahriga o'zlarining nomlari bilan atalgan. 1472-yilda ishdan bo'shatilgan.

1481-yilda Fotih vafotidan keyin Buyuk Vazir Karamanli Mehmet Posho shahzoda Jemni podshohlik uchun qo'llab-quvvatlagan, Ishak bosho esa Bayezidni qo'llab-quvvatlagan.

Ikkinchi buyuk vazirlik davri

Boyazid II taxtga oʻtirdi va yana Is'hoq poshoni yana buyuk vazirga aylantirdi. Biroq, sulton tez orada zararli deb oʻylagan odamlarni yoʻq qilishga urinib koʻrdi va 1482-yilda Ishoq posho ishdan boʻshatildi. Is'hoq posho umrining soʻnggi yillarini Salonikida oʻtkazdi va 1497-yilda shu yerda vafot etdi.

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.