![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b9/Islm.svg/languz-640px-Islm.svg.png&w=640&q=50)
Iqtisodiy model
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iqtisodiy model – iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi nazariy konstruksiya, iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi[1]. Iqtisodiy modellar tizimdagi asosiy omillar bilan ishlash imkonini yaratadi[2]. Iqtisodiy modellar reallikning abstrakt tasviri hisoblanadi va shu sababli, amaliyotda qoʻllash vaqti maʼlum toʻsiqlarga duch keladi. Lekin, iqtisodiy modellar real empirik maʼlumotlar asosida ham yaratilishi mumkin: Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, Fillips egri chizig'i[3].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b9/Islm.svg/320px-Islm.svg.png)
Firma yoki davlat iqtisodiy faoliyatini prognozlashda iqtisodiy-matematik usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy jihatlarini funksiya, tenglama yoki tengsizliklar orqali ifodalaydi.