Iordaniya iqtisodiyoti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iordaniya iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagi eng zaif davlatlardan biri boʻlib, juda cheklangan tabiiy resurslarga ega davlatlat hisoblanadi (ayniqsa, suv va energiya manbalari — neft va koʻmir tanqisligi mavjud). Boshqa iqtisodiy muammolar orasida qashshoqlikning yuqori darajasi, ishsizlik, inflyatsiya va katta byudjet taqchilligi mavjud. 1970—1980-yillar oraligʻida, neft inqiloblari davrida Iordaniya arab davlatlaridan keng koʻlamli yordam oldi va uning yalpi milliy mahsuloti har yili taxminan 10 % ga oʻsdi. XX asrning 80—yillardan keyin xalqaro yordam pasaya boshladi va yalpi ichki mahsulotning oʻsishi yiliga 2 % gacha sekinlashib ketdi.
1990—yil avgust oyida Fors koʻrfazida inqiroz boshlandi, bu Iordaniyaning iqtisodiy ahvolini yomonlashtirdi. Hukumat XVJ bilan muzokaralarni toʻxtatdi. Keyingi voqealar (Iroq blokadasi , Fors koʻrfazi urushi) qochqinlarning katta oqimiga, yalpi ichki mahsulot oʻsishining sekinlashishiga olib keldi. Iordaniya iqtisodiyotining yuksalishi 1992—yilda boshlangan.
1989—yilda Iordaniya hukumati mamlakat qarzlarini qayta qurish va byudjet taqchilligini kamaytirish maqsadida XVF bilan muzokaralar olib bordi. 1999—yildan boshlab hukumat tomonidan savdo rejimini ochish, davlat kompaniyalarini xususiylashtirish va yoqilgʻi subsidiyalarining bir qismini bekor qilish kabi muhim iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, bu esa soʻnggi oʻn yillikda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish imkonini berdi. Global iqtisodiy tanazzul va mintaqaviy tartibsizliklar Iordaniya yalpi ichki mahsulotining oʻsish sur’atini pasaytirdi.
Iordaniya neft, asbob-uskunalar, xalq isteʼmoli mollari, oziq-ovqat import qiladi.
Afzalliklari: fosfatlar eksportining katta hajmi. Ishchi kuchining mavjudligi. Shuningdek, Aqaba porti maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan.
Zaif tomonlari: energiya importiga qaramlik. Import eksportdan koʻp. Koʻrfaz urushi davrida Quvaytdan qochqinlar oqimi tufayli kuchaygan yuqori ishsizlik (2011—yilda 29,9 %). Qishloq xoʻjaligini rivojlantira olmaslik. Mintaqadagi siyosiy beqarorlik turizmga zarar yetkazmoqda. Iordaniya Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 2021—yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning real oʻsish sur’ati 1,8 %ga yetgan[1].