From Wikipedia, the free encyclopedia
Ioni orollari — Ioni dengizidagi bir tuda orol. Bolqon ya. o. ning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida, Gretsiyaga qarashli. Bir necha yirik (Kerkira, Lefkas, Kefaliniya, Zakinf) va koʻpgina mayda orollardan iborat. Mayd. 23 ming km2. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Orollarning yer yuzasi togʻli (eng baland joyi 1628 m), ohak-tosh va gilli slanetslardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, qulay buxtalar bor. Togʻ oldilari va sohildagi pasttekisliklarning tuprogʻi unumdor; bu yerlarda zaytun, tok, sitrus oʻsimliklar oʻstiriladi. Togʻ yon bagʻirlarida koʻproq makvis oʻsadi, ayrim joylarda dub oʻrmonlari saqlangan. Aholisi qoʻychilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi, vodiylar sitrus plantatsiyalari, tokzorlar bilan band. I. o. da Kerkira, Argostolion, Zakintas sh.lari, dengiz boʻyi iqlim kurortlari bor. Turizm rivojlangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.