![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/43/Innsbruck-08-Hoettinger_Seite-2006-gje.jpg/640px-Innsbruck-08-Hoettinger_Seite-2006-gje.jpg&w=640&q=50)
Insbruk
From Wikipedia, the free encyclopedia
Insbruk — Avstriyaning gʻarbidagi shahar. Tirol yerining maʼmuriy markazi. Sharqiy Alp togʻlarida. Inn da-ryosi (Dunay irmogʻi) boʻyida, 574 m balandlikda. Aholisi 144,2 ming kishi (2000). Italiya, Shveysariya va GFRga boriladigan transport yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mayin movut, ip gazlama, shoyi toʻqiladi; shisha va koshindan badiiy bu-yumlar ishlab chiqariladi. Metallsozlik, kimyofarmatsevtika va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizmning yirik markazi. Qishki sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. 9-, 12qishki olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan (1964, 1976). Un-t (1669-yildan), muzeylar, teatrlar, botanika bogʻi bor. Tarixiy binolar va meʼmoriy yodgorliklaridan shahar minorasi (14—16-asrlar), Xofburg saroyi (14—18-asrlar), Xofkirxe cherkovi (1553—63) va b. saqlangan.
I. 1234-yilda shahar huquqini olgan. 1814-yilda Avstriyaga qaytarib beril-gunga qadar I. turli davlatlar tarki-bida boʻlib keldi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi bosib oldi; 1945—55-yillarda okkupatsiya qilingan Avstriyaning Fransiya zonasida boʻldi.[1]
- Insbruk - Innsbruck