From Wikipedia, the free encyclopedia
Indira Gandi (toʻliq ismi Indira Priyadarshni Neru; 1917.19.11, Ollohobod – 1984.31.10, Dexli) – Hindistonning siyosat va davlat arbobi. J. Nerunint qizi. Shveysariya, Angliya va Hindiston oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan. 1938 yildan Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasi aʼzosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947 yilda Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. G. 1959—1960-yillarda HMK raisi, L. B.
Ulacmpu hukumatida axborot va radioeshittirish vaziri (1964—66), bosh vazir (1966—77). 1977-yilning mart oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida HMK magʻlubiyatga uchradi va hokimiyatni qoʻldan boy berdi. 1977-yil dekabrda yuz bergan ichki ziddiyatlar natijasida HMK ikkiga boʻlinib ketdi va G. 1978-yilning yanvarda oʻz tarafdorlarining HMK (I) yangi partiyasini tuzdi va uning raisi etib saylandi. 1980 yil muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan saylovlarda HMK(I) gʻalaba qildi va G. yana bosh vazir lavozimini egalladi. G. terrorchilar tomonidan otib oʻldirilgan.
Indira Gandi 1917-yil 19-noyabrda Indira Nehrudagi Ollahobod shahrida Kashmiri Pandit oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi Jawaharlal Nehru Hindistonning Britaniya hukmronligiga qarshi mustaqillik harakatining yetakchisi va Hindiston Dominionining (keyinchalik Respublika) Bosh vaziri edi. Indira ota-onasining yagona tirik qolgan farzandi (uning yoshligida vafot etgan kichik ukasi bor edi). U oʻz onasi bilan birga oʻsgan boʻlib Ollohobodda katta uyi bor edi. 1930-yilda Nehrular oilasi bu uyni Hindiston Milliy Kongressiga sovgʻa qiladi. Indira bolaligi yolgʻiz va baxtsiz oʻtgan. Uning otasi tez-tez boshqa hududlarda boʻlar, asosan vaqtini siyosiy faoliyatiga baʼishlar yoxud qamoqda boʻlardi, oyisi esa kasallik bilan umrining koʻp qismini oʻtkazgan va keyinchalik sil kasalligidan erta oʻlim topadi. U otasini kamdan kam koʻrar, asosan xatlar orqali suhbatlashardi[1].
Indira Nehru asosan uyda oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilgan. U Dehlidagi Modern School, Ollahoboddagi St. Cecililaʼs va St. Mary’s Convert maktablari, Geneva xalqaro maktabi, Bexdagi Ecole Nouvelle va Mumbay Universitetiga qarashli maktablarda taʼlim olgan[2]. U Shantiniketandagi Vishwa-Bharati universitetida oʻqishga kirdi. Robindranat Tagor u bilan suhbatda qizni Priyadarshini deb atagan, bu sanskrit tilida „hammaga mehribonlik qiluvchi“ degan maʼnoni anglatadi va shundan soʻng u Indira Priyadarshini Nehru nomi bilan tanilgan. Biroq bir yildan soʻng u kasal onasiga qarash uchun oʻqishni tashlab Yevropaga ketadi. U yerda Indira Oxford universitetida taʼlimini davom ettirishga qaror qildi. Onasi vafot etganidan soʻng, u 1937-yilda Somerville Collegega oʻqishga kirishidan avval qisqa vaqt mobaynida Badminton Schoolda oʻqiydi. Nehru dastlabki urunishda lotin tili imtihonidan yomon koʻrsatkich qayd etganligi sabab ikkinchi marta ham imtihon topshirishiga toʻgʻri kealdi. Oksfordda u tarix, siyosat va iqtisodiyotda yaxshi baholar oladi, ammo majburiy fan hisoblangan lotin tili darajasi yomonligicha qoladi[3].
Britaniyada boʻlgan vaqtida Nehru boʻlajak turmush oʻrtogʻi Feroze Gandi (Mahatma Gandi bilan aloqasi yoʻq) bilan tez-tez uchrashib turishadi. Ular Ollahobodda tanishishgan boʻlib, Feroze oʻsha vaqtlar London School of economicsda oʻqigan. Ular Olohbandda Adi Dharm anʼanalariga muvofiq turmush quradilar[4]. Juftlikning ikkita oʻgʻli Rajiv Gandi (1944) va Sanjay Gandi (1946) bor edi[5][6].
1942-yil sentyabrda Nehru Quit India Movement harakatidagi ishtiroki uchun qamoqqa olinadi. U yerdan 1943-yil aprel oyida ozod etilgan[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.