From Wikipedia, the free encyclopedia
Indigirka - Sharqiy Sibirning shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi 1726 km, havzasining maydoni 360 ming km2. I. Xastax va Tarin-Yuryax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga delta (maydoni 5,5 ming km2) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Kuydusun, Kyuente, Elgi; oʻngdan — Nera. Yomgʻir, qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr da muzlab, mayning oxiri — iyulning boshida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi 1850 m3/sek. Baliq ovlanadi. Moma daryosi qoʻshilgan joydan (1154 km masofada) kema qatnaydi.[1]
Indigirka | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 726 |
Maydoni | 5 500 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Indigirka |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.