![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/04/Imagine_Dragons%252C_Roundhouse%252C_London_%252835390234536%2529.jpg/640px-Imagine_Dragons%252C_Roundhouse%252C_London_%252835390234536%2529.jpg&w=640&q=50)
Imagine Dragons
From Wikipedia, the free encyclopedia
Imagine Dragons — amerikalik pop rok guruh. Imagine Dragons 2008-yil, Las Vegas, Nevadada tashkil topgan, guruh asosiy ijrochi Dan Reynolds, gitarist Wayne Sermon, basschi Ben McKee va barabanchi Daniel Platzman dan iborat.[1] Guruh dastlab xalq e'tiboriga "It's Time" qo'shig'i orqali tushgan, shundan keyin debyut albomi bo'lgan Night Visions (2012) mukofotni ham qo'lga kiritgan, natijada "Radioactive" va"Demons" qo'shiqlari musiqiy chartlarda birinchi o'rinda turdi. "Radioactive" deb nomlanganRolling Stone qo'shig'i Billboard Hot 100da hafta davomida eng ko'p yangragan xit qo'shiq sifatida rekord o'rnatgan va "Yilning eng katta rok xit qo'shig'i" nomini olgan.[1][2][3][4] MTV ularni "yilning eng katta kashfiyoti" deb atagan,[5] va Billboard esa ularni "2013-yilning muhim kashfiyoti" va "2017-yilning eng yirik guruhi" deb nomlagan,[6] va ularni 2013-yildagi "Rok yillari" qatorining eng yuqorisiga joylashtirgan,[7] 2017,[8] bu 2018-yilda ham takrorlangan.[9] Imagine Dragons guruhi Billboardning yil oxirida "Top Artistlar – Duo/Guruhi" kategoriyasiga 2018-yilda kiritilgan.[10]
Imagine Dragons | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Las Vegas, Nevada |
Mamlakat |
![]() |
Faoliyat yillari | 2008 — bugun |
Janr | Pop-rok, Alternativ rok, Pop, Electropop, Indi-rok (erta) |
Leybl | KIDinaKORNER, Interscope Records |
Tarkib |
|
Sobiq aʼzolar |
|
Guruhning ikkinchi albomi Smoke + Mirrors (2015) ham AQSH, Kanada va Birlashgan Qirollikda birinchi o'ringa chiqib olgan.[11][12] Bunday mashxurlik ularning uchinchi albomida Evolve (2017)ham takrorlangan, natijada esa musiqiy chartlarda yuqori o'rinda turadigan 3 nafar qo'shiq: "Believer", "Thunder", va "Whatever It Takes" paydo bo'lgan. Bu albom ko'p davlatlarda uzoq vaqt top 5 talikda turgan.[13] Guruhning to'rtinchi albomi bo'lgan Origins (2018)dagi "Natural" qo'shig'i the Hot Rock Songs chartidan o'rin olgan 5-qo'shiqqa aylandi. Garchi guruhning barcha albomlari moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli bo'lsada, tanqidchilarning yondashuvlari xar hil.[14] Ular beshinchi albomini Mercury – Act 1 nomi bilan 2021-yil 3-sentyabrda tayyorlashgan va undan keyin Mercury – Act 2 nomli keyingisi 2022-yil 1-iyulda havola etilgan va deyarli bir xil munosatda kutib olingan.
Imagine Dragons American Music Awards mukofotini 3 martta, Billboard Music Awards 9 martta, Grammy Award 1 martta, MTV Video Music Award 1-martta, va World Music Award ni 1-martta qo'lga kiritgan. 2014-yil may oyida, 14- Billboard musiqiy mukofotiga nomzod sifatida tanlangan hamda Yilning top artisti va turli janrlarda ijod qiluvchi san'atkorlarning innovatsiyaga boyligi va ijodkorligini qolab quvvatlovchi Milestone Award nominatsiyalari g'olibiga aylangan. 2018-yilning aprel oyida, ular 11-martta Billboard Musiqiy sovriniga ega bo'lgan.[15]
Imagine Dragons dunyo bo'ylab 75 million nusxada albomlarini sotishgan, bu esa ularni eng talabgor guruhlardan biriga aylantirgan va ular dunyo bo'yicha bestseller albom ijodkorlari ro'yxatiga kiritilgan- world's best-selling music artists.[16] Ular 2018-yilda Spotify da eng ko'p tinglangan guruh bo'ldi,[17] ya'ni guruhning "Radioactive", "Demons", "Believer", va "Thunder" qo'shiqlarining har biri platformada 1 milliarddan ortiq martta tinglandi,[18] bundan tashqari RIAA tarixida birdaniga 4 qo'shig'i Olmosdan ham yuqoriroq darajada sertifikatlangan yagona rok guruhi bo'ldi.[19] Billboard xabariga ko'ra, "Believer", "Thunder", va "Radioactive" 2010 yillardagi eng yaxshi qo'shiqlr uchtaligi deb baholandi.[20]