Ilya Ilyin
Qozogʻistonlik ogʻir atletikachi From Wikipedia, the free encyclopedia
Qozogʻistonlik ogʻir atletikachi From Wikipedia, the free encyclopedia
Ilya Aleksandrovich Ilyin (ruscha: Илья Александрович Ильин; 1988-yil 24-mayda tugʻilgan) — toʻrt karra jahon chempioni. 2015-yil 12-dekabr kuni Rossiyaning Grozniy shahrida boʻlib oʻtgan Prezident kubogida Ilyin −105 kg vazn toifasidagi musobaqada ikkita jahon rekordini oʻrnatdi. Ilya siltab koʻtarish musobaqasida 246 kg, jami 437 kg toshni koʻtargan. Ilyin 2005, 2006, 2014 va 2015-yillarda IWF talqiniga koʻra yilning eng yaxshi ogʻir atletikachisi deb topilgan[1].
Ilya Ilyin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Tavallud sanasi |
24-may 1988-yil Qiziloʻrda, Qozogʻiston SSR, SSSR |
Boʻyi | 1.74 m |
Vazni | 104.35 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Ogʻir atletika |
Murabbiy(lar)i | Toyshan Bektemirov, Erzhas Boltaev |
Aslida 2008 va 2012-yillarda olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan. Doping bilan bogʻliq qoidabuzarliklar sababli 2016-yil 25-noyabr kuni IWF qaroriga koʻra oltin medallaridan mahrum etilgan.
Ilyin 2005-yilgi jahon chempionatida −85 kg vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu natija orqali oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ilk Qozogʻistonlik sportchiga aylandi. Dast koʻtarishda 170 va siltab koʻtarishda 216 kilogramm toshni koʻtargan. Uning umumiy 386 kilogrammlik natijasi −85 kg vazn toifasidagi yoshlar oʻrtasida hozirgi kungacha jahon rekordi hisoblanadi.
2006-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Ilyin 94 kg vazn toifasidagi musobaqada ishtirok etgan. Aynan oʻsha yilda Dohada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Yuqorida qayd etilgan musobaqalarning ikkalasida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2006-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Ilyin dast koʻtarishda 176 kg va siltab koʻtarishda 225 kg vaznni oʻziga boʻysindirishga muvaffaq boʻlgan. Jami 401 kg natija bilan Belaruslik Andrey Aramnauni chempionlik uchun kurashda ortda qoldirgan. Andrey Aramnauning natijasi: Dast koʻtarish — 177 kg; siltab koʻtarish — 216 kg; Jami — 393 kg[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.