From Wikipedia, the free encyclopedia
Ili — Xitoy va Qozogʻistondagi daryo. Sharqiy Tyanshandan Tekes va Kunges daryolari nomi bilan boshlanib, Sinszyanda (Xitoy) birga qoʻshiladi va Balxash koʻliga quyiladi. Uzunligi (Tekes bilan birga) 1439 km, Kunges va Tekesning qoʻshilgan yeridan hisoblansa 1001 km. Havzasining mayd. 140 ming km². Oʻngdan yirik Qosh irmogʻi qoʻshilgandan keyin I. kengayadi va sersuvroq boʻlib oqadi. Quyilish joyida uzun va tor delta hosil qilgan. Qor va muzliklardan suv oladi. dekabr da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv capfi quyilish joyida 329 m³/sek. Qapchigʻay GES va suv ombori qurilgan. I. katta irrigatsiya ahamiyatiga ega. Asosiy irmoqlari: Qosh (Xitoyda), Xoʻrgoʻs (oʻngdan), Chilik, Charin, Talgʻar, Qaskelen, Kruti (chapdan). Gʻulja sh. dan Qozogʻistonning Baqanas pri-stanigacha kema qatnaydi[1].
Ili | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 439 |
Suv sarfi | 480 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Xitoy va Qozogʻiston |
Ili |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.