Ice Cream
From Wikipedia, the free encyclopedia
„Ice Cream“ (tarjimasi: „Muzqaymoq“) — Janubiy Koreyada tashkil topgan „Blackpink“ qizlar guruhi va amerikalik qoʻshiqchi Selena Gomez tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq 2020-yil 28-avgustda guruhning birinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Gomez, Teddy Park, Tomy Brown, Ariana Grande, Viktoria Monet, Bekuh BOOM, 24 va Mr.Franks tomonidan yozilgan; Teddy, Brown, 24 va Mr.Franks tomonidan esa hozirlangan. „Ice Cream“ trap unsurlariga ega elektropop va babblgam pop janridagi kompozitsiyadir.
„Ice Cream“ | |
---|---|
Blackpink Selena Gomez bilan hamkorlikdagi qoʻshigʻi | |
„The Album“ albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 28-avgust 2020-yil |
Yozib olingan | 2020 |
Janr |
|
Davomiyligi | 2:56 |
Leybl | |
Klipi | |
„Ice Cream“ YouTubeda |
„Ice Cream“ Billboard Hot 100 xit paradlari roʻyxatida 13-oʻrinda debyut qilib, chartning eng yaxshi 20 taligiga kirgan „Blackpink“ning birinchi singliga aylangan. Qoʻshiq Singapur, Vengriya va Janubiy Koreya xit paradlarida birinchi oʻntalikka kirgan, shuningdek, boshqa 15 mamlakatda kuchli 40 talikdan joy olgan. Musiqa klipi singl bilan bir vaqtda 28-avgust kuni chiqarilgan va MTV Europe Music Awards taqdirlash marosimida „Eng yaxshi hamkorlik“ va „Yil klipi“ sifatida Peopleʼs Choice Awards mukofotiga nomzod bo‘lgan.