![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/da/HuvishkaBMCoin.jpg/640px-HuvishkaBMCoin.jpg&w=640&q=50)
Huvishka
From Wikipedia, the free encyclopedia
Huvishka (baqtriya tilida: Oēēški, Ooēški, Brahmi: ;[1] Kharoshthi: 𐨱𐨂𐨬𐨅𐨮𐨿𐨐 Hu-ve-Ṹki[2]) Kanishka I vafotidan keyin Kushon imperiyasining imperatori edi. Tarixiy manbalarga koʻra hukmronlik yilining boshlanishi 150-yilga toʻgʻri keladi. Taxminan oʻttiz yil hukmronlig qilgan. Huvishkadan keyin taxtga Vasudeva I keladi.
Huvishka | |
---|---|
Kushon podsholigi | |
![]() Huvishka tangasi. | |
Saltanat | 150–180-yillar |
Oʻtmishdoshi | Kanishka I |
Davomchisi | Vasudeva I |
Dini | Hinduiylik |
Uning hukmronligi imperiya uchun mustahkamlanish davri edi. Huvishka davlati Baqtriyadagi Balxdan Hindistonning Mathuragacha boʻlgan hududini oʻz ichiga olgan. U oʻz tangalarini zarb qildirgan. Pataliputra va Bodx Gayagacha uning suratidagi oltin tangalar va tumorlar topilgan. Shu jumladan, Bodx Gaya shahridagi Buddaning Maʼrifat taxti ostidan bitta tumor topilgan. Bu hududdagi Kushon tangalarining boshqa topilmalari hududda Kushonlar hukmronlik qilganligini koʻrsatadi[3]. Huvishka hukmronligi tinch oʻtgan. Shimoliy Hindistonda Kushon hokimiyati mustahkamlanib, Kushon imperiyasining markazi janubiy poytaxt Mathuraga koʻchirilgan[4].