Husan Sodiqov
sovet va oʻzbek qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi From Wikipedia, the free encyclopedia
sovet va oʻzbek qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Husan Sodiqov (1968-yil 2-mayda[1] Toshkentda tuʻgilgan) — oʻzbekistonlik xonanda, qoʻshiqnavis, gitarachi va shoir. „Bolalar“ guruhining aʼzosi. Guruh solisti Tohir Sodiqovning akasi. Sodiqov „Bolalar“ guruhi ijro etgan koʻplab taniqli qoʻshiqni, jumladan, „Esingdami seni?“ hamda „Oyijon“ qoʻshiqlarini yozgan. Nafaqat „Bolalar“ guruhi, balki boshqa koʻplab xonanda, jumladan, Ravshan Sobirov, Rayhon, Shahzoda, DJ Piligrim, Yodgor Mirzajonov, Jahongir Poziljonov va boshqa oʻnlab xonanda ijro etgan 200 dan oshiq qoʻshiqni yozgan. Xususan, Sodiqov Ravshan Sobirov va Setora guruhi ijrosidagi va keng tanilgan „Xayr, maktabim“ qoʻshigʻi muallifi[2].
Husan Sodiqov | |
---|---|
Husan Sodiqov 2022-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
2-may 1968-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Guruh | Bolalar |
Janr | Rok, pop |
Amplua | Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, gitarachi, |
Faoliyat yillari | 1989-bugun |
Sodiqov „Bolalar“ guruhidagi faoliyatidan tashqari solo karyera ham yuritib keladi. Xususan, uning ijrosidagi „Baxtli ertak“ qoʻshigʻi tanilgan. Sodiqov 2020-yil oʻz YouTube kanaliga asos solgan boʻlib, kanalda „Bolalar“ va 1990-yillarda shuhrat qozongan boshqa sanʼatkorlar va musiqiy guruhlar ijodi aks etgan videolar joylashtirib kelinadi. Sodiqovning oʻgʻli Javohir Sodiqov ham xonandadir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.