![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/Angle_of_attack.svg/languz-640px-Angle_of_attack.svg.png&w=640&q=50)
Hujum burchagi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hujum burchagi yoki ataka burchagi — 1) (Aerodinamikada)- Uchish apparati qanoti shaklining vatari bilan qanotning ilgarilama harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak (rasm, α). Aerodinamik quvurda qanot ilgarilama harakatlanmaydi, balki havo qanotga tomon harakatlanadi; bunda qanot shakli vatari bilan havoning harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak Ataka burchagi boʻladi. Ataka burchagi uchish apparatlarining asosiy aerodinamik koʻrsatkichlari: koʻtaruvchi kuch koeffitsiyenti, roʻpara qarshilik koeffitsiyentini belgilaydi. Ataka burchagi kattalashea yoki kichiklashea, uchish apparati qanotiga taʼsir etuvchi aerodinamik kuch va momentlar va, demak, uchish rejimi ham oʻzgaradi; 2) (qishloq xoʻjaligida) — qishloq xoʻjalik quroli disksimon ish organining aylanish tezligi bilan uning harakat yoʻnalishi orasidagi burchak[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/Angle_of_attack.svg/280px-Angle_of_attack.svg.png)