From Wikipedia, the free encyclopedia
Hafflpuff (ing. „Hufflepuff“) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: mehnatsevarlik, sodiqlik va halollik. Ramzi – boʻrsiq, ranglari – sariq va qora. Dekan – o’tshunoslik fani oʻqituvchisi Pomona Spraut. Fakultet arvohi – Semiz Rohib. Asoschi – Helga Hafflpuff (orig. – Helga Hufflepuff). J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra Hafflpuff tuproq unsuriga toʻgʻri keladi[1].
Fakultet mehmonxonasi maktabning birinchi qavatida joylashgan. U yerga Hogwarts oshxonasiga eltuvchi yoʻlakdan oʻtib borish mumkin. Yoʻlakdaagi katta natyurmort yonida katta bochkalar taxlangan. Ikkinchi qatorning oʻrtasida, pastdan ikkinchi bochkani aniq ritm asosida taqqillatilsa, u ochiladi va mehmonxonaga eltuvchi yoʻlak paydo boʻladi. Himoya chorasi sifatida, boshqa fakultet talabalarini kiritmaslik maqsadida, boshqa bochka taqqillatilsa, yoki ritm asosida taqqillatilmasa, qoidani buzgan talabaning ustiga sirka quyib yuboriladi.
Mehmonxona boʻrsiq inini eslatuvchi, shinam va past shiftli boʻladi. Xona asalarisifat – sariq-qora uslubda bezatilgan, bundan tashqari, xonadagi stollar va yotoqxonalarning yumaloq eshiklari asal rangidagi, sayqallangan yogʻoch ishlatilgan. Yogʻoch (raqsga tushayotgan boʻrsiqlar surati oʻyib chizilgan) kaminning yuqorisida ilingan portret Helga Hafflpuffni aks ettiradi. Qasrning pastki qismida joylashgan, yer bilan deyarli bir tekislikdagi oynalar tashqaridagi oʻtlar va moychechaklarning yoqimli koʻrinishini taqdim etadi. Bunday past oynalarga qaramasdan, mehmonxona doim quyosh nuriga toʻlib turadi.
"Men kitoblar seriyasini chiqarishni rejalashtirayotganimda, Garri Potter Hogwartsda boʻlgan vaqtida, har bir fakultet mehmonxonalariga kirib koʻrishini kutgan edim. Keyinchalik esa, tushunib yetdimki, Hafflpuff xonasiga kirish uchun aytarli sabab yoʻq edi. Nima boʻlishidan qatʼI nazar, xona baribir men uchun, qolgan uchtasidek real edi va men Hafflpuff talabalari darsdan keyin oshxona tomonga shoshib ketishayotganlarida, aynan qayerga ketayotganini har doim bilar edim"[1].
Hafflpuff mehmonxonasining koʻrinishi seriyadagi hech bir kitob va filmda tasvirlanmagan. Lekin, keyinchalik, Pottermore (hozirgi nomi – "Wizarding World") saytida xonaning "Hafflpuff talabalarining qarorgohi" nomi bilan birinchi illyustratsiyalari nashr etilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.