From Wikipedia, the free encyclopedia
Hong-Chul (koreyscha: 홍철 ; 1990 yil 17-sentyabr, Seongnam, Koreya Respublikasi) — kelib chiqishi janubiy koreyalik boʻlgan futbolchi, „Ulsan Hyundai“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi.
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Tugʻilgan | 1990-yil 17-sentyabr (32 yosh)
Seongnam, Koreya Respublikasi |
Fuqarolik | |
Boʻyi |
176[1] sm |
Pozitsiyasi | |
Klubi haqida maʼlumot | |
Klub | |
U futbolchi sifatidagi oʻzining ilk faoliyatini Dankuk universiteti jamoasida oʻynab boshlagan, keyin esa „Seongnam“ klubiga taklif etilgan. U 2010-yilning 23-fevralida Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasiga (2:0)[2] qarshi OChL oʻyinida kattalar toifasida debyut qilgan. Natijada Chul jamoaga ushbu xalqaro sovrinni qoʻlga kiritishda yordam berdi va keyingi yili klub bilan Janubiy Koreya kubogini ham qoʻlga kiritdi. Umuman olganda, u futbolchilik faoliyatining asosiy uch mavsumini Seongnam shahri jamoasida oʻtkazdi. Seonnam bilan oʻtkazgan oʻyin vaqtning koʻp qismida jamoaning asosiy himoyachisi vazifasini bajardi.
2013-yil boshida u Suvon Samsung Bluewings klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchilik faoliyatining keyingi toʻrt mavsumini shu klubda oʻtkazdi. 2016-yilda asosiy tarkibda oʻynab, mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi.
2017- yilning boshida Chul harbiy xizmatga chaqirildi va Sangju Sanmu armiyasi jamoasida oʻynay boshladi, u yerda u ikki yillik harbiy xizmatni oʻtkazishi kerak edi. 2018-yilning 2-iyun holatiga koʻra, u klub safidagi milliy chempionatda 42 ta oʻyin oʻtkazgan.
Klub | Liga | Kubok | Liga kubogi | Kontinental | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar |
Janubiy Koreya | Liga | Janubiy Koreya kubogi | K ligasi | OFK | Jami | |||||||
2010 yil | Seongnam | K ligasi | 18 | 1 | 3 | 0 | 4 | 1 | 9 | 0 | 34 | 2 |
2011 yil | 20 | 3 | 4 | 0 | 4 | 1 | - | 28 | 4 | |||
2012 yil | 30 | 2 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | 36 | 2 | |||
2013 yil | Suvon Samsung Bluewings | K ligasi | 34 | 2 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | 40 | 2 | |
2014 yil | 29 | 0 | 1 | 0 | - | - | 30 | 0 | ||||
2015 yil | 30 | 0 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | 35 | 0 | |||
2016 yil | 6 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 6 | 0 | |||
Jami | Janubiy Koreya | 167 | 8 | 11 | 0 | 8 | 2 | 23 | 0 | 209 | 10 | |
umumiy martaba | 167 | 8 | 11 | 0 | 8 | 2 | 23 | 0 | 209 | 10 |
2009—2010-yillarda Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga taklif qilingan. Yoshlar miqyosida u umumiy 10 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol sohibi boʻldi.
2011-yil 9-fevralda Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0)[3] maydonga tushdi. Va bu uning debyut uchrashuvi sifatida belgilandi.
Terma jamoa tarkibida 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.