Holat (geometriya)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Geometriyada, holat vektori yoki radius vektori, koordinata boshi O ga nisbatan fazodagi P nuqtaning oʻrnini ifodalovchi Evklid vektoridir. Odatda x, r yoki s bilan belgilanadi, u O dan P gacha boʻlgan toʻgʻri chiziq segmentiga mos keladi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, P nuqtaga koʻchishni[1] koʻrsatadi
„Holat vektori“ atamasi asosan differensial geometriya, mexanika va baʼzan vektor hisob sohalarida qoʻllaniladi.
Koʻpincha bu ikki oʻlchovli yoki uch oʻlchovli fazoda qoʻllaniladi, ammo Evklid fazosida va har qanday oʻlchamdagi affin fazolari uchun ham osongina umumlashtirilishi mumkin[2].