From Wikipedia, the free encyclopedia
Hirving Rodrigo Lozano Bahena (talaffuzi: Irving Rodrigo Lozano Baena; 1995-yil 30-iyulda Meksikada tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, Italiyaning „Napoli“ klubi va Meksika terma jamoasining vingeri. 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari va 2018-yilgi Jahon kubogi ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hirving Rodrigo Lozano Bahena[1] | ||
Tavallud sanasi | 30-iyul 1995-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Mexico shahri, Meksika | ||
Boʻyi | 1.76 m[1] | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Napoli | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006—2014 | Pachuca | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2017 | Pachuca | 120 | (31) |
2017—2019 | PSV | 60 | (34) |
2019— | Napoli | 100 | (22) |
Milliy terma jamoa | |||
2015 | Meksika U20 | 9 | (6) |
2015—2016 | Meksika U23 | 8 | (1) |
2016— | Meksika | 59 | (16) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-noyabr 2022-yil uchun) |
2015-yilda Hirving Lozano Meksika yoshlar terma jamoasining Yamaykada boʻlib oʻtadigan CONCACAF yoshlar chempionatiga boradigan jamoa tarkibiga kiritildi. Turnirda u Kuba, Kanada, Gonduras, Salvador va Panama yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[2][3][4][5][6]. Kubaliklar, kanadaliklar, gondurasliklar va saldoriyaliklarga qarshi bahslarda Hirving Rodrigo Lozano Bahena beshta gol urdi. Oʻsha yilning yozida Hirving Lozano Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Urugvay, Serbiya va Mali termalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[7][8][9]. Urugvayliklarga qarshi kechgan bahsda Hirving Rodrigo Lozano Bahena gol urdi.
2016-yil 11-fevralda Senegal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Hirving Lozano Meksikaning asosiy terma jamoasi safida debyut qildi[10]. 26-mart kuni JCh-2018 saralashida Kanadaga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi[11].
2016-yilda Hirving Lozano AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Urugvay, Yamayka, Venesuela va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14][15]. Biroz vaqt oʻtgach, Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Hirving Rodrigo Lozano Bahena Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Fiji va Janubiy Koreya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[16][17][18].
2017-yilda Hirving Lozano Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Rossiya, Germaniya va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19][20][21]. Ruslarga qarshi kechgan bahsda Hirving Rodrigo Lozano Bahena gol urdi.
10-noyabr kuni Belgiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Hirving Lozano „dubl“ni amalga oshirdi[22].
2018-yilda Hirving Lozano Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Janubiy Koreya, Shvetsiya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[23][24][25][26]. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Hirving Rodrigo Lozano Bahena gʻalaba toʻpini kiritdi.
Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | ||
C. F. Pachuca Meksika | 2013—2014 | 16 | 2 | 4 | 8 | 3 | 0 | — | 24 | 5 | 4 | ||
2014—2015 | 35 | 8 | 4 | — | 5 | 1 | 3 | 40 | 9 | 7 | |||
2015—2016 | 40 | 12 | 10 | 8 | 0 | 0 | — | 48 | 12 | 10 | |||
2016—2017 | 29 | 10 | 5 | — | 8 | 8 | 2 | 37 | 18 | 7 | |||
Jami | 120 | 32 | 23 | 16 | 3 | 0 | 13 | 9 | 5 | 149 | 44 | 28 | |
PSV Eindhoven Niderlandiya | 2017—2018 | 29 | 17 | 9 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 34 | 19 | 9 |
2018—2019 | 30 | 17 | 7 | 2 | 0 | 0 | 8 | 4 | 1 | 40 | 21 | 8 | |
Jami | 59 | 34 | 16 | 5 | 2 | 0 | 10 | 4 | 1 | 74 | 40 | 17 | |
S. S. C. Napoli Italiya | 2019—2020 | 26 | 4 | 1 | 1 | 0 | 1 | 7 | 1 | 0 | 34 | 5 | 2 |
2020—2021 | 32 | 11 | 4 | 5 | 3 | 1 | 6 | 1 | 0 | 43 | 15 | 5 | |
2021—2022 | 30 | 5 | 5 | 1 | 0 | 0 | 6 | 1 | 0 | 37 | 6 | 5 | |
2022—2023 | 12 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | 0 | 17 | 3 | 1 | |
Jami | 100 | 22 | 11 | 7 | 3 | 2 | 24 | 4 | 0 | 131 | 29 | 13 | |
Umumiy faoliyatida | 280 | 88 | 49 | 26 | 8 | 1 | 39 | 17 | 6 | 358 | 113 | 58 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.