From Wikipedia, the free encyclopedia
COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik boʻlib, Hindistonda ilk bor 2020-yil 30-yanvar kunida tarqaldi.
Hindistonda COVID-19 pandemiyasi | |
---|---|
Kasallik | COVID-19 |
Virus shtammlari | SARS-CoV-2 |
Joylashuv | Hindiston |
Birinchi holati | Kerala |
Aniqlangan sanasi | 30-yanvar 2020-yil |
Boshlanishi | Uxan, Xubey, Xitoy |
Tasdiqlangan holatlar | 26,917 |
Faol holatlar | 17,610 |
Tuzalish | 5,914 |
Oʻlimlar |
826 |
Rasmiy vebsayt | |
coronavirus.gov |
2019-yil 31-dekabr kuni Xitoy Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga nomaʼlum sabablarga koʻra pnevmoniya holatlari toʻgʻrisida xabar berdi. 2020-yil 12-yanvarda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Xubey provinsiyasida, Uxan shahrida yashovchi odamlar guruhida yangi koronavirus nafas olish kasalligi sababi boʻlganligini tasdiqladi[1][2].
COVID-19 uchun oʻlim holatlari 2003-yildagi SARS koʻrsatkichidan ancha past edi, ammo infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada oshdi va oʻlimga olib keldi[3][4][5][3]. 2021-yil aprel oyida koronavirusning toʻrtinchi toʻlqini tarqalgani eʼlon qilindi. Mamlakat rasmiylari fuqarolardan uyda qolishni va shaxsiy gigiyenaga amal qilishni soʻradilar[6].
Hindistonning genom konsorsiumi 18 shtatda koronavirusning hozirda ma’lum boʻlganlaridan tashqari ikki marta mutasiyaga uchragan yana bir yangi shtammini aniqladi. konsorsium oʻz ishini boshlaganidan buyon tashvishga soladigan 771 ta variant aniqlangan. Bularning ichida 736 ta variant «britancha» shtammga, 34 ta variant «Janubiy Afrika» shtammiga, 1 ta variant «brazilcha» shtammga aloqador boʻlib chiqqan. Tekshiruvlar davomida mutaxassislar bir necha kundan buyon koronavirusga chalinish holatlari aniqlanishi boʻyicha yetakchi oʻrinni egallab kelayotgan Maharashtra shtatida yana yangi shtammni aniqlagan. Maharashtra shtatidan olingan namunalarni tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, E484Q va L452R mutasiyalari boʻlgan namunalar ulushida 2020-yil dekabr bilan taqqoslaganda oʻsish kuzatilgan. Ya’ni ikki mutasiyaning birlashishi hisobiga yangi shtamm vujudga kelgan. Bunday mutasiyalar immunitetni yengish va yuqumli kasallikning koʻpayishini ta’minlaydi. Ushbu mutasilar tahlil qilingan namunalarning taxminan 15–20 foizida qayd etilgan. Ayni paytdagi vaziyat tekshiruvlarni davom ettirish hamda sogʻliqni saqlash choralarini kuchaytirishni talab qiladi[7]
2021-yil mart oyida Hindistonda epidemiya kuchaygani sababli hukumat AstraZeneka vaksinasini boshqa davlatlarga eksport qilish ishlarini vaqtincha toʻxtatdi[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.