![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/49/Rivers_of_Madre_de_Dios.png/640px-Rivers_of_Madre_de_Dios.png&w=640&q=50)
Heath daryosi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Titikaka koʻlini oʻrab turgan And togʻlaridan shimolga Madre de Dios daryosigacha oqib oʻtadigan Heath daryosi Peru va Boliviya oʻrtasidagi tabiiy chegarani belgilaydi.
![Rivers of the Madre de Dios Region, Peru and Bolivia](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/49/Rivers_of_Madre_de_Dios.png/640px-Rivers_of_Madre_de_Dios.png)
Daryo yaqinidagi Eja Sonene hududdida aborigenlar yashaydi. Ular Gʻarbdan koʻchib kelgan, takana tilida soʻzlashadigan Aravakka yoki Madeyra daryosining quyi oqimi hududlaridan kelgan Pano urugʻi kelib chiqishiga mansub etnik guruhdir.
1880-yillarda amerikalik tadqiqotchi doktor Edwin R. Heath sharafiga nomlangan daryo pasttekislik savannasi va yomgʻir oʻrmonlari bilan chegaradosh[1]. 1910-yilda daryo havzasini oʻrganish uchun ilk ekspeditsiya britaniyalik tadqiqotchi polkovnik Percy Harrison Fawcett tomonidan amalga oshirilgan[2].