![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1d/Houghton_EC9_C7638_902y_%2528A%2529_-_Conrad%252C_Heart_of_Darkness_1.jpg/640px-Houghton_EC9_C7638_902y_%2528A%2529_-_Conrad%252C_Heart_of_Darkness_1.jpg&w=640&q=50)
Heart of Darkness
From Wikipedia, the free encyclopedia
Heart of Darkness (tarjimasi „Zulmat qalbi“) — polyak-ingliz yozuvchisi Joseph Conrad tomonidan yozilgan novella (roman) boʻlib, unda asarning bosh qahramoni Charles „Charlie“ Marlowning Afrika markazidagi Belgiya mustamlakasi boʻylab sayohati tasvirlangan.[1] Kongoda fil suyagi savdosi bilan shugʻullanuvchi Kurtz obrazi asarda markaziy ahamiyatga ega boʻlib, asarda Marlow uni „zulmat yuragi“ deb ham ataydi va aynan mazkur ibora bilan asar nomlangan, deyish mumkin. Asarda Marlow Londonni („Kurrai-zamindagi eng buyuk shahar“) Afrika („Zulmat zamini“) bilan taqqoslaydi.[2]
![]() | |
Asl nomi | The Heart of Darkness |
---|---|
Muallif(lar) | Joseph Conrad |
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | Novella |
Nashr etilgan sanasi | 1899-yil gazeta hikoyasi; 1901-yil kitob |
Nashriyot | the Blackwood's Magazine (dastlabki) |
Avvalgisi | "Nartsis" borti niggeri |
Keyingisi | Lord Jim |
Mazkur asardagi markaziy gʻoyalardan biri bu „madaniylashgan“ va madaniyatlashmagan, „yovvoyi“ insonlar orasidagi farqlar biz oʻylagandan koʻra kamroq, degan fikrdir. Zulmat yuragi ochiqchasiga imperializm va irqchilikni qoralaydi.[3]
Novella dastlab (1899-yilda) kitob holida emas, balki uch qismdan iborat hikoya shaklida Blackwood’s Magazine nashrida, mazkur nashrning minginchi nashrini nishonlash ramzi sifatida nashr etilgan.[4] Asar koʻp marta qayta nashr etilgan, koʻplab tillarga tarjima qilingan va Amerikalik kinoprodyuser Frensis Ford Koppolaning 1979-yilgi „Qiyomat bugun“ („Apocalypse Now“) filmiga ilhom manbasi sifatida xizmat qilgan. 1998-yilda Amerika nashriyoti — „The Modern Library“ „Heart of Darkness“ novellasini oʻzining XX asrning 100 ta eng yaxshi ingliz tilidagi romanlari roʻyxatidan 67-oʻringa qoʻygan.[5]