amerikalik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Hassler Whitney (talaffuzi: Xassler Uitni) (23-mart 1907-yil — 10-may 1989-yil) — amerikalik matematik. Singularlik (oʻzgachalik) nazariyasi asoschilaridan bir. Shuningdek, differentsial geometriya va topologiya, algebraik topologiya, halokatlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1983-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Hassler Whitney | |
---|---|
Tavalludi |
23-mart 1907-yil New York |
Vafoti |
10-may 1989-yil (82 yoshda) Princeton, New Jersey |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
|
Akademik rahbarlari | George David Birkhoff |
Mashhur shogirdlari |
|
Mashhur ishlari |
|
Mukofotlari |
|
Whitney 1928-va 1929-yillarda Yale universitetidan mos ravishda fizika va musiqa boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1932-yilda Harvard universitetidan matematika boʻyicha PhD ilmiy darajasini olgan[1][2]. Olim 1930–1931-yillarda Harvard universitetida matematika oʻqituvchisi va 1934–1935-yillarda yordamchi professor lavozimida ishlagan.
Whitney algebraik va, ayniqsa, differensial topologiya sohasiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning asosiy natijalaridan biri sanoqli bazaga ega umumiy silliq xilma-xillikning ikki baravargacha katta boʻlgan Euclid fazosiga joylashtirish teoremasidir. Shuningdek, uning xarakterli sinflar va vektorli toʻplamlar boʻyicha ishlari ham eʼtiborga loyiq.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.