Gʻijduvon tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻijduvon tumani — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharq va janubi-sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmana, janubdan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming km. Aholisi 19 ming kishi (2017). Tumanda 1 shahar (Gʻijduvon). 14 shaharcha (Abadi, Beshtuvo, Gajdumak, Jovgari, Ko'lijabbor, Mazragan, Yuqori Rostgo'y, O'zanon, Xatcha, Chag'dari, Dodarak, Namatgaron, Yuqori Qumoq) va 14 qishloq fuqarolari yig'ini (Armechan, Taxtaxon, G'ovshun, Zarangari, Ko'kcha, Pozagari, Rayonobod, Soktari, Sarvari, Sarmijon, Ulfatbibi, Fayzulla Yunusov, Firishkent) bor. Markazi — Gʻijduvon shahri.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Buxoro viloyati |
Maʼmuriy markazi | Gʻijduvon |
Asos solingan sanasi | 1926 |
Hokimi | Ashurov Sherzod Raximovich[1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
40°6′0″N 64°40′0″E |
Yopish